Zamonaviy jurnalistikani rivijlantirish markazi tashkil etgan O‘zbekiston faktchekerlar hamjamiyatining 12 nafar jurnalisti va markaz vakillari Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan media-turni boshladilar. Ular MediaNet tashkiloti har yili tashkil etadigan «InternetCA-2023» konferentsiyasida ishtirok etmoqdalar.
“Raqamli huquqlar va ularni tartibga solish: to‘g‘ri muvozanatni topish” mavzusidagi konferensiya doirasida ishtirokchilar media, internet texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro expertlar chiqishlari bilan tanishadilar. Shuningdek, maxsus seminarlar doirasida
dezinformatsiyaga qarshi kurashish, bot fermalari, axborot hurujlari, propagandani fosh etish va unga qarshi kurashish bo’yisha ko’nikmalarni rivojlantiradilar.
Konferensiya davomida “Yangi texnologiyalar: neyrotarmoq xizmatlari, ularning o‘rni va Internet rivojlanishining asosiy yo‘nalishidagi ta’siri” mavzusida yangi bilimlar beriladi.
Mediatur 22-mayga qadar davom etadi.








