Internet ko‘pincha bizni aqlli manipulyatsion fotosuratlar bilan hayratda qoldiradi. Ba’zi foydalanuvchilar ularni kulib qabul qilishadi, boshqalar shunchaki ularga ishonmaydi. “Bright Side” nashri butun dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan bir nechta feyk fotosurat namunalarini bir maqolaga to‘pladi.
Nominatsiyasiz nomzod

© better-find
Bu barcha davrlarning eng qadimgi va eng mashhur virusli fotosuratlaridan biridir. Aslida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita fotosuratning mahorat bilan birlashtirilishi ajoyib tasvirni yuzaga keltirdi. Wikipedia’da u uchun alohida sahifa yaratilganligi fotosuratning qanchalar mashhur bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ajablanarlisi shundaki, uning paydo bo‘lishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan “National Geographic” loyihasi obro‘si edi. Rasm ko‘pincha “National Geographic” tomonidan yilning eng yaxshi fotosurati deb tanlangan surat” degan yozuv bilan tarqatilgan.
Qal’a orol yoki orol qal’a

Qisqa, ammo hayratlanarli sarlavha. Irlandiyadagi Qal’a oroli sizga tanlov qoldirmaydi: siz shunchaki hamma narsani tashlab, Dublinga borib, ushbu me’morchilik mo‘jizasiga o‘zingiz guvoh bo‘lishni xohlaysiz. Afsuski, bu o‘ta mohirona qayta ishlangan eski rasm, lekin u shunchalik tabiiyki, millionlab odamlar bunga ishonishdi.
G‘ayrioddiy tarvuz

Yoz fasli bu g‘ayrioddiy yegulik haqida shov-shuv bilan boshlanganiga bir necha yil bo‘ldi. Biroq achinarlisi shundaki, u haqiqatan mavjud emas.
Ayiq quvlayotgan odamlar

Bu surat kishiga tabassum bag‘ishlaydi. Ha, yovvoyi tabiatni suratga olish paytida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘ladi, ammo bu holatda emas: ayiqning boshi shakliga va o‘ng old panjasiga qarang. Afsuski, agar siz ushbu rasmning haqiqiyligiga ishongan bo‘lsangiz, biz sizni xafa qilishga majburmiz: bu Photoshop.
Afsonaviy ekran tasviri

Ushbu fotosurat bir necha yil oldin paydo bo‘lgan va go‘yo mashhur “Metro Goldwyn Mayer”ning afsonaviy sherini aks ettirgan. Ba’zilar buni kulgili deb o‘ylashdi, shuningdek, yovvoyi tabiat himoyachilari jonivorlar erkinligining bunday buzilishidan g‘azablanishdi. Yana tortishuvlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun gapni qisqa qilamiz: rasm soxta. Asl fotosuratda sher haqiqatan ham MRT tekshiruvidan o‘tgani ko‘rsatilgan.
Hayratlanarli akula tasviri

Hayvonlar suratlari keng jamoatchilikni hayratda qoldirishda to‘xtamaydi. 2016-yilda tarqalgan “Yilning milliy geografik fotosurati” nomini olgan buyuk oq akulaning surati bundan mustasno emas. Ko‘pchilik buni haqiqiy deb o‘ylagan, ammo bu surat ham soxtaligini tan olishga majburmiz.
Qora bu oq, oq bu qorami?

Ulug‘vor qora sherning surati butun dunyo bo‘ylab yuz minglab yoqtirishlarga soniga ega bo‘ldi. Uni ko‘rganlarning barchasi betakror jonivor haqida gapirardi. Ammo, qora sherlar haqiqatan ham mavjud bo‘lishiga qaramay, ushbu o‘ziga xos rasm montaj qilingan.
Samolyotdagi selfi

Qo‘rqmas uchuvchining havoda selfi olayotgani surati shu qadar shov-shuvga sabab bo‘ldiki, minglab layklar to‘pladi. Albatta, bu juda ajoyib ko‘rinadi, lekin u soxta. Shunga qaramay, hatto asl fotosurat ham ajoyib va jamoatchilik e’tiboriga loyiqdir.