O‘zbekistonda davlat xaridlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish vositasi

O‘zbekistonda davlat xaridlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish vositasi

2023-yil 6-noyabr kuni Ochiq kontrakt hamkorligi (ingl – OCP) eksperti Umrbek Allaqulov davlat xaridlari tahliliga ixtisoslashgan jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Umrbek Allaqulov OCP tomonidan Buyuk Britaniya hukumati ko’magida Acted tomonidan amalga oshirilayotgan Iqtisodiy rivojlanish yo´lida samarali boshqaruv (EGED) loyiha dasturi doirasida ishlab chiqilgan va davlat xaridlari boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish uchun moʻljallangan parserdan (tahlil qiluvchi dastur) foydalanishni ham namoyish etdi.

Tadbirda davlat xaridlari bo‘yicha axborotning ochiqligi va shaffofligini oshirish korrupsiyaga qarshi kurashish va budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi. Umrbek Allaqulov O‘zbekistonda davlat xaridlari sohasidagi mavjud vaziyat haqida gapirib, ma’lumotlarni to‘plash va keyinchalik tahlil qilish jarayonini takomillashtirish muhimligiga urg‘u berdi.

U O‘zbekistondagi eng yirik xarid.uzex.uz portalidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda yig‘ish imkonini beruvchi Acted ko‘magida OCP tomonidan ishlab chiqilgan parserni namoyish etdi. Ushbu parser yordamida davlat xaridlari ma’lumotlarini osongina ajratib olish va CSV fayl formatida taqdim etish mumkin, bu esa keyinchalik tahlil qilish va xaridlar tartib-qoidalarining samaradorligini baholash uchun foydalanishni ancha osonlashtiradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OCP jamoasi davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish jarayonini avtomatlashtirish va har oy parserni yangilash ustida ishlamoqda. Bu qadam O‘zbekistonda davlat xaridlari samaradorligini oshirish va budjet mablag‘laridan mas’uliyat bilan foydalanishni ta’minlash yo‘lida davlat xaridlari sohasida oshkoralik va ochiqlikni oshirishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar uchrashuv muhimligini ta’kidlab, davlat xaridlari ma’lumotlari bilan ishlash bo‘yicha o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdilar.