Toshkentda yangi binolarning seysmik chidamliligini tekshirishyaptimi?

Telegram messenjeridagi bir nechta kanallarda O‘zbekiston poytaxtidagi ayrim yangi binolarning seysmik chidamliligi maxsus qurilma yordamida tekshirilgani haqida video tarqaldi.

HUKM: YOLG’ON

Axborot Telegram kanallari eski videoni yangisi sifatida ko’rsatib, uni boshqa kontekstda namoyish etmoqda.

Ushbu videoning manbasini topdik. Aslida, bular 2018-yil kuzda Toshkent shahrida o‘tkazilgan katta panelli uyning eksperimental vibrodinamik sinovlaridan olingan kadrlar.

2018-yilda “Gazeta.uz” internet nashri “Binokor Temir-Beton Servis” MChJ QK yirik panelli uylar loyihasini ishlab chiqqani, “KazNIISA” AJ Qurilish va arxitektura loyihalari institutining qozog‘istonlik mutaxassislari tajriba sinovlarini o‘tkazgani haqida xabar bergan.