Tadqiqotchi jurnalistlar global tarmog‘i (GIJN) 2025-yil 21 – 24-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan bo‘lg‘isi global konferensiyaning veb-saytini ishga tushirilishini e’lon qildi.
gijc2025.org saytida sessiyalarga gʻoyalar, stipendiyalarga arizalar, ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va “Global Shining Light Award” mukofoti uchun tanlovda ishtirok etish kabi imkoniyatlar mavjud. Mukofot rivojlanayotgan mamlakatlar jurnalistlariga ajoyib tekshiruvlar uchun beriladi.
“2001 yildan beri har ikki yilda bir marta tadqiqotchi jurnalistlarning jahon hamjamiyati turli shaharlarda to‘planadi va natijalar ajoyib. GIJC – bu sohadagi eng yaxshi jurnalistlarning soʻnggi tadqiqot usullari, ma’lumotlar tahlili, transchegaraviy hamkorlik va boshqalar boʻyicha amaliy panellar va seminarlarni oʻz ichiga olgan ulkan ma’rifiy konferensiyalardir. Bizning konferensiyalarimiz har bir mintaqadan minglab jurnalistlarni tayyorladi va butun dunyo boʻylab surishtiruv guruhlari, notijorat yangiliklar boʻlimlari va shov-shuvli xabarlarni yaratishga olib keldi”, – deyiladi saytda.
G‘oliblar esdalik sovg‘alar va pul sovrinlarini oladilar.
Tadbirda dunyodagi yetakchi tadqiqotchi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar va maʼlumotlar jurnalistlari, shuningdek, axborot erkinligi, OAV qonunchiligi, xavfsizlik va kadrlar tayyorlash boʻyicha asosiy ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.