Telegram va boshqa messenjerlar tashviqot va dezinformatsiyani tarqatish uchun ishlatilmoqda

Mutaxassislarning yangi hisobotida WhatsApp va Telegram kabi mashhur xabar almashish ilovalari siyosatda, jumladan, siyosiy tashviqotni tarqatishda tobora muhim vositaga aylanib borayotgani ta’kidlangan.

Nyu-York universiteti (NYU) tadqiqotchilari 9 ta mamlakatda 4500 xabar almashish ilovasi foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rov va 17 ta mamlakatda siyosiy tahlilchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, ba’zi guruhlarning ijtimoiy fikrni manipulyatsiya qilish maqsadida WhatsApp va Telegram kabi platformalardan qay shaklda foydalanishini aniqlash edi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, respondentlarning 62 foizi ushbu ilovalar orqali siyosiy mavzulardagi matnga duch kelgan va ma’lumotlarning 55 foizi noma’lum manbalardan olingan.

Buning tahminiy sabablaridan biri – WhatsApp, Viber va Telegram kabi platformalarda boshqa ijtimoiy tarmoqlar kabi an’anaviy kontentni boshqarish mexanizmlari mavjud emasligi. Ushbu ilovalarning pullik funksiyalari, masalan, avtomatik xabar almashish yoki ko‘p odamlarga murojaat qilish, noto‘g‘ri ma’lumotlarning ta’sirini kuchaytiradi va tashviqot tarqalishini osonlashtiradi.

Hisobotda, shuningdek, siyosiy kuchlar ushbu messenjerlarning tijorat vositalaridan faol foydalanayotgani qayd etilgan. Masalan, WhatsApp o‘z foydalanuvchilariga avtomatlashtirilgan xabar almashish funksiyalari va auditoriyaga muammosiz kirish imkoniyatiga ega biznes platformasini taklif etadi. Bu esa siyosiy kontentni avval oddiy foydalanuvchilar uchun imkonsiz hisoblangan ko‘lamda tarqatish imkonini beradi.

Telegram shunga o‘xshash imkoniyatlarni taqdim etadi, bu sizga mashhur kanallarda reklama maydonini sotib olish va xabaringizni yanada ko‘rinadigan qilish uchun qo‘shimcha funktsiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilarning aniqlashicha, ayrim mamlakatlarda siyosiy maslahatchilar akkauntlarni tekshirishning aylanib o‘tish sxemalarini ishlab chiqqan, bu esa rasmiy kompaniya akkauntlari niqobi ostida siyosiy kontentni tarqatish imkonini beradi. 

Ushbu ilovalarning pullik funksiyalaridan siyosiy axborot va dezinformatsiyani tarqatishda faol foydalanilmoqda, bu esa ommaviy axborot vositalari xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solmoqda.