Noyabr oyida eng ko‘p ko‘rilgan 5 ta faktchek

Noyabr oyida media makon ko‘plab internet foydalanuvchilarning e’tiborini tortgan voqealar va qiziqarli materiallarga boy bo‘ldi.

Ushbu materialda Factchecknet.uz tahlil o‘tkazdi va shu davrdagi eng ko‘p ko‘rilgan 5 ta maqolani aniqladi. Biz sizga factchecknet.uz maʼlumotlari asosida oʻtgan oyning eng qiziqarli faktcheck maqolalari reytingini taqdim etamiz.

1-chi faktchek. Avtomobillarning og‘ir diskalari uchun jarimaga tortishadimi?

Nostandart avtomobil diskalaridan foydalanish uchun solinishi mumkin boʻlgan jarimalar masalasi ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez  koʻtariladi. Bunga misol qilib, Misol tariqasida, 15 ballonga  (R15) mo‘ljallangan Gentraga R16 ballon o‘rnatilsa, million so‘m, R17 bo‘lsa, ikki million so‘m miqdorida jarima solinishi keltirilgan. 

Factchecknet.uz ushbu ma’lumotni tekshirib chiqdi va o‘quvchilarga aniq ma’lumotlarni taqdim etdi.

2-chi faktchek. Coca-Cola tarkibidagi koshenil qurti 

Ichimliklar, jumladan, Coca-Colaga rang berish uchun koshenil qurtidan boʻyoq sifatida foydalanish haqidagi mish-mishlar vaqti-vaqti bilan Internetda paydo boʻladi.

Factchecknet.uz ichimlik tarkibi tahlilini taqdim etib, tarkibida goʻyoki koshenil borligi haqidagi odamlar orasidagi vahima qayerdan paydo bo‘lganini va bu mavzu 2006-yilda nima sababdan mashhur bo‘lganini tushuntirib berdi.

3-chi faktchek. Sotib olingan koʻkrak nishonlari yoki “Best Publication” biznesi

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sahifasida “Best Publication” va “Scientific Academy” ilьiy-tadqiqot markazlari tomonidan xodimlari qimmatbaho sovg‘alar va “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” va “Uz kasbining fidoyisi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangani haqida xabar e’lon qilingan edi.

Factcheknet ushbu tanlovlar va ularni kim uyushtirgani haqida ma’lumot toʻplash maqsadida tadqiqot olib bordi.

4-chi faktchek. Alisher Usmonov va 20 mln soʻm

Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Usmonov odamlarni 20 million so‘mdan ortiq daromad olishi mumkin bo‘lgan USM platformasiga taklif qilayotgan videolar tez-tez tarqalmoqda.

Factchecknet.uz ushbu videolarni o‘rganib chiqdi va jinoyatchilar firibgarlik uchun dipfeyklardan qanday foydalanishini bilib oldi.

5-chi faktchek. “Farg‘ona tajribasi” yoki 1 kg vazn yo‘qotish uchun 500 ming so‘m

2021-yil dekabr oyida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov murojaat qilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalasini ko‘targan edi.

U sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi “Farg‘ona tajribasi” dasturi boshlanganini ma’lum qildi.
Factchecknet.uz mazkur dastur ijrosi, berilgan va’dalar qay darajada bajarilganini tekshirdi.