Yaqinda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronaldu surati tushirilgan yetti yevrolik tanga chiqarilishi haqidagi ma’lumotlar faol tarqaltildi. Mualliflar bergan xabarlarga ko‘ra, bu tangalar go‘yoki butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qilar emish.
HUKM: YOLG‘ON
2024-yil 18-sentabrda “Rumor Scanner faktcheking” platformasi Krishtianu Ronaldu tasviri bilan yetti yevrolik tanga chiqarilishi haqidagi xabarni tekshirdi va bu ma’lumotni rad etdi.
Portugaliya Markaziy banki Krishtianu Ronaldu tasviri tushirilgan tanga chiqarilmagani va chiqarilishi rejalashtirilmaganini tasdiqladi.
Tanganing Internetda tarqalgan barcha tasvirlari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan va haqiqiy emas.Factchecknet.uz tasvirni SI vositasi – Illuminarty.Ai yordamida tekshirdi, tasvir 77,8% SI tomonidan yaratilgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tanganing taxminiy yuqori qiymati va uning Yevropa Ittifoqidagi rasmiy muomalasi haqidagi da’volar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bunday tanga hech qachon mavjud bo‘lmaganligi sababli uning qiymati va holati haqida hamma gaplar yolg‘on ma’lumotdir.
Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu tasviri tushirilgan yetti yevrolik tanga chiqarilishi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va rasmiy manbalar tomonidan rad etilgan.