Internetda AQSh prezidenti tayinlangani haqida feyk “hujjat” paydo bo‘ldi

Internetda go‘yoki Donald Trampni AQSh prezidenti etib tayinlash haqida Vladimir Putin imzolagan hujjat aks etgan feyk surat tarqalmoqda.

Boshlanishi. AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Poygada respublikachi Donald Tramp va demokratlardan nomzod Kamala Xarris ishtirok etdi. Ba’zi ommaviy axborot vositalari Trampning 47-prezident bo‘lishiga olib kelgan saylovoldi poygasining xronologiyasini yuritishdi.

Bu ham manipulyatsiya uchun sabab bo‘ldi. Misol uchun, go‘yoki Donald Trampni AQSh prezidenti etib tayinlash haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat paydo bo‘ldi.

Biroq, fayl ishonchsizdek ko‘rinadi. Matnda soxtalikning aniq belgilari bor, shrift va formatlashda farqlar bor, ayniqsa ism va sana ko‘rsatilgan joylarda ular har xil. Bu hujjat noto‘g‘ri taassurot yaratish uchun tahrirlanganligini ko‘rsatadi.

Axborotni tarqatish jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish va shov-shuvli, ammo uydirma mazmun bilan e’tiborni jalb qilishga qaratilgan, garchi bu hazil tariqasida qilingan deb hisoblash uchun asoslar mavjud. Bir prezidentni boshqa davlat rahbari etib tayinlash faktining o‘zi huquqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri, ammo ma’lum bir axborot fonini hisobga olsak, ba’zi foydalanuvchilar buni jiddiy qabul qilishi mumkin.

Noto‘g‘ri axborotdan qanday himoyalanish mumkin:

  • axborot manbasini tekshirgan afzal. Yangiliklar ishonchli platformalarda taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
  • ushbu soxta hujjatlarda ko‘pincha shrift, formatlash yoki tarkibda kichik xatolar bo‘ladi. Matndagi nomuvofiqliklarni tekshiring.
  • bunday axborotlar tezkor reaktsiyani uyg‘otish uchun hissiy ma’noga ega bo‘ladi. Olingan ma’lumotlarga tanqidiy fikrlash bilan yondashing va shoshilinch xulosalar qilmang.

Ushbu choralarga rioya qilish orqali dezinfarmatsiyadan qochishingiz va axborot makonida xolislikni saqlashingiz mumkin.