Ma’lumot to‘g‘riligini tekshirishda “Pipl”dan qanday foydalaniladi

Pipl — bu odamlar haqidagi ma’lumotlarni qidirish va tekshirishga yordam beradigan kuchli instrument. U faktchekerlar, jurnalistlar va manbalar yoki kontaktlarning to‘g‘riligini tekshirishni istaganlar uchun ideal vositadir.

“Pipl” nima qila oladi:

  • odamlarni ismi, telefon raqami, elektron pochtasi yoki manzili bo‘yicha qidiradi;
  • siz ma’lum bo‘lgan har qanday ma’lumotni kiritasiz va “Pipl” bu shaxsga tegishli hamma narsani topadi;
  • to‘liq profil yaratadi;
  • xizmat ochiq va yopiq manbalar: ijtimoiy tarmoqlar, biznes reyestrlari, professional profillar va hatto sud hujjatlaridan ma’lumotlarni to‘playdi;
  • manbalarning haqiqiyligini tekshiradi;
  • agar siz yangiliklar yoki tekshiruvlar bilan ishlasangiz, Pipl siz muloqot qilayotgan odam feyk emasligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi;
  • geografik bog‘liqlikni topadi. Bu, ayniqsa, ma’lum bir mintaqada odamni topishingiz yoki uning qayerdan ekanligini tekshirishingiz kerak bo‘lsa, foydalidir.

“Pipl”da qanday ishlash kerak

“Pipl”da ishlashni boshlash uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting. Asosiy funksiyalarga kirish uchun akkaunt yarating. E’tibor bering, funktsiyalarning aksariyati faqat pullik versiyada mavjud, ammo siz instrument bilan tanishish uchun demo rejimini sinab ko‘rishingiz mumkin.

Keyin, inson haqidagi sizda bor ma’lumotlarni kiriting — bu ism, elektron pochta, telefon raqami yoki manzil bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar yuklangandan so‘ng, “Pipl” qidiruvni boshlaydi va natijalarni beradi. Ushbu ma’lumotlar orasida, agar mavjud bo‘lsa, siz ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini, aloqa ma’lumotlarini, manzillarini va hatto ochiq xabarlarni ko‘rishingiz mumkin.

Endi faqat olingan ma’lumotlarni tahlil qilish qoladi. Ularni shaxs yoki manbadan olingan ma’lumotlar bilan solishtiring. Bu nomuvofiqliklarni aniqlashga yoki aksincha, aniqlikni tasdiqlashga yordam beradi.

“Pipl”da ishlash ma’lumotlarni qidirish va tekshirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Siz vaqtni tejaysiz, chunki barcha kerakli ma’lumotlar bir joyda to‘planadi.

Hayotiy misol

Siz material ustida ishlayapsiz va o‘zini ekspert deb tanishtirgan odamdan sharh oldingiz. “Pipl” yordamida siz bu insonning ko‘rsatilgan tashkilot bilan bog‘liqligini tekshirasiz. Yoki siz ijtimoiy tarmoqlardagi feyk akkauntni o‘rganyapsiz — “Pipl” sizga haqiqiy ma’lumotlarni topishga yordam beradi.

E’tibor bering!

Instrument pullik: bepul versiyasi cheklangan.

Axloqiy jihati: ma’lumotlar maxfiyligini buzmayotganingizga ishonch hosil qiling.

“Pipl” — haqiqatni topishga va ma’lumotlaringizning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga yordam beradigan qulay yordamchi. Agar manbalarni tekshirish yoki tafsilotlarni tushunish kerak bo‘lsa, uni amalda sinab ko‘ring!