2025-yilda faktcheking bo‘yicha qanday tadbirlar bo‘ladi?

Faktcheking dezinformatsiyaga qarshi kurashda muhim vositaga aylanib bormoqda. Kelgusi yilda butun dunyodan jurnalistlar, tadqiqotchilar va faollarni birlashtiradigan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mana, bo‘lishi kutayotgan asosiy voqealar:

1. 23 – 25-​​aprel — Cambridge Disinformation Summit 2025

Qayerda: King’s kolleji, Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

Afsonaviy universitetda dezinformatsiya sohasidagi mutaxassislar toʻplanib, qanday qilib feyklarga qarshi yaxshiroq kurashish masalalarini muhokama qilishadi va bu boradagi tadqiqotlarni ilgari surishadi.

2. Yozda — GlobalFact 12

Qayerda: Rio-de-Janeyro, Braziliya

Xalqaro sammit global muammolar va faktcheking sohasidagi yangi yondashuvlarni muhokama qilish uchun maydonga aylanadi. Butun dunyodan professionallar ishtirok etishi kutilmoqda.

3. 2-aprel — Xalqaro faktcheking kuni

Butun dunyo bo‘ylab bu kun ma’rifiy tadbirlar va ma’lumotni tekshirish nima uchun muhimligi haqida muhokamalar bilan nishonlanadi. Bu raqamli asrda odamlarga haqiqatning qadrini eslatish uchun ajoyib imkoniyatdir.

4. 15-16-oktyabr — EU DisinfoLab konferentsiyasi

Qayerda: Lyublyana, Sloveniya

Tadbirda dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashayotgan Yevropa tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.

5. 28-fevral – 1-mart — Zagrebda faktcheking festivali

Qayerda: Zamonaviy san’at muzeyi, Zagreb, Xorvatiya

Ishtirokchilar ommaviy axborot vositalariga ishonchni qanday tiklash va qaysi loyihalar media makonini yaxshilashga yordam berishini muhokama qilishadi.

2025-yilda faktcheking bo‘yicha professoinallar muloqot qilish, tajriba almashish va yangi yechimlarni topish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bu voqealar haqiqat uchun kurashayotgan barcha uchun ilhomlantiruvchi va foydali bo‘lishi kutilmoqda.