Ijtimoiy tarmoqlarda sariyog‘ni iste’mol qilish inson organizmi uchun xavfliligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “Yog‘ni ortiqcha iste’mol qilish qondagi yomon xolesterin darajasini oshiradi, bu qon tomirlarini toraytiradigan yog‘ birikmalariga olib keladi va insult xavfini oshiradi”, – deyiladi xabarda.
Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirib koʻrdi.
HUKM: ROST
Sariyog‘dan foydalanish har bir taomga qo‘shimcha lazzat beradi. AQSh Qishloq xo‘jaligi departamentiga (USDA) ko‘ra, bir osh qoshiq tuzsiz saryog‘ quyidagi ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga oladi:
- Kaloriya: 102 kaloriya
- Oqsil: 0,121 g
- Yog‘: 11,5 g
- Kalsiy: 3,41 mg
- Natriy: 1,56 mg
- A vitamini: 97,1 mkg
- Fosfor: 3,41 mg
- Kaliy: 3,41 mg
- Xolesterin: 30,5 mg
- Xolin: 18,8 mg
Sariyog‘ kaloriyaga boy, bir osh qoshiqda (14 gramm) taxminan 102 kaloriya mavjud. Har bir osh qoshiqda 11 gramm yog‘ mavjud. Biroq, sariyog‘dagi yog‘ning ko‘p qismi to‘yingan yog‘ bo‘lib, uni ortiqcha iste’mol qilish zararli hisoblanadi. Sariyog‘dagi umumiy 11 gramm yog‘ning qariyb 7,17 grammi to‘yingan yog‘ hisoblanadi.
Shuningdek, sariyog‘ ko‘rish qobiliyati, teri va immun tizimini saqlash uchun muhim bo‘lgan A vitaminining ajoyib manbaidir. Bundan tashqari, u jigar va miyaning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradigan o‘rtacha miqdorda xolinni o‘z ichiga oladi. Yana sariyog‘da kalsiy, kichik miqdorda fosfor va kaliy kabi minerallar mavjud.
Ammo sariyog‘ni haddan tashqari iste’mol qilish vazn ortishiga olib kelishi mumkin, bu esa 2-toifa diabet uchun xavf omilidir. Shved va nemis tadqiqotchilari o‘z ishlarida ko‘proq o‘simlikka asoslangan yog‘larni iste’mol qiladigan odamlar yurak xuruji va insultga uchrash ehtimolini uchdan bir qismga va diabet rivojlanish xavfini to‘rtdan biriga qisqarganligini ko‘rsatdilar. Bundan tashqari, to‘yingan yog‘larga boy diyetadan to‘yinmagan yog‘larga o‘tish odamlarda 2-toifa diabet xavfini 42 foizga kamaytirishi mumkin. Tadqiqotga ko‘ra, 113 nafar britaniyalikni 16 hafta davomida sariyog‘ yoki cho‘chqa yog‘i kabi to‘yingan hayvon yog‘lariga, yana bir guruh britaniyaliklarga esa zaytun moyi va yong‘oq kabi to‘yinmagan o‘simlik yog‘lariga boy ovqat iste’mol qilganda qondagi yog‘ miqdori natijalari tekshirib ko‘rildi. Yog‘ miqdorini MLS ( ko‘p lipidli ko‘rsatkich) yordamida aniqladilar.
Germaniya Inson oziqlantirish institutining ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisi va tadqiqot muallifi doktor Fabian Eichelmann shunday izoh berdi: “MLS yog‘larni to‘g‘ri o‘lchab beradigan eng yaxshi asbob. To‘yinmagan o‘simlik yog‘larini ko‘p iste’mol qilishni va to‘yingan hayvonlar yog‘ini kam iste’mol qilishni ko‘rsatadi”.
Tadqiqotchilar MLS ballarini oldilar va ularni bir necha yil davomida yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari va 2-toifa diabet xavfini kuzatuvchi minglab ishtirokchilarni aniqladilar. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori MLS ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganlar, ya’ni to‘yinmagan yog‘larga boy parhez bilan oziqlanganlar, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 32 foizga va 2-toifa diabet xavfini esa 26 foizgacha kamaytirdi.
7,500 kishidan iborat boshqa tadqiqot natijalarini o‘rganib chiqib, ular MLS ko‘rsatkichlari past bo‘lgan odamlar, keyin to‘yinmagan yog‘larni ko‘p iste’mol qilganlarda diabet xavfini 42 foizga kamaytirganini aniqlashdi.
Muhim eslatma: Palma yog‘i , Hindiston yong‘og‘i yog‘i to‘yingan yog‘lar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, hayvon yog‘larini muntazam iste’mol qilish diabet va insultga olib keladi. Shuning uchun, o‘simlik yog‘laridan iste’mol qilish foydali hisoblanadi.