Dubay shokoladi Internetdagi ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ommaviy reklama tufayli juda mashhur bo‘lib ketdi. Taniqli brendlardan farqli o‘laroq, bu mahsulot narxi sezilarli darajada farq qiladi, ammo bu haqiqatning o‘zi ortib borayotgan mashhurlikka ta’sir qilmadi.
Uning zarari haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi.
“Diyetologlar mashhur Dubay shokoladi sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ushbu shirinlikning bir plitkasida 1000 kilokaloriya, shuningdek, ko‘p miqdorda yog‘ va shakar mavjud bo‘lib, ular diareya, oshqozon-ichak kasalliklari, yurak-qon tomir xastaliklari kabi muammolarni keltirib chiqaradi, shuningdek, diabet va ateroskleroz rivojlanish xavfini oshiradi.
Yaqinda sodir bo‘lgan voqea alohida e’tiborni tortdi: bir qiz shokoladni tatib ko‘rgandan keyin vafot etishiga sal qoldi. Unda qichishish, ko‘zning shishishi va bo‘g‘ilish bilan kechgan allergik reaktsiya boshlandi. Faqat shoshilinch kasalxonaga yotqizish jiddiy oqibatlarning oldini olishga yordam berdi”, — deyiladi xabarda.
Dubay shokoladi haqiqatan ham sog‘liq uchun xavfli deb tan olinganmi?
HUKM: QISMAN YOLG‘ON
Agar sog‘liq uchun xavf mavjud bo‘lganida, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilishi kerak edi. Biroq, xabar manbalari o‘rganilganida, vaziyat aniqlashadi. Masalan, bu yerda ham shirinlik iste’molidan keyin qizga tez yordam chaqirishgani haqida yozishgan.
Shu bilan birga, boshqa manbada qizda Kvinke shishi paydo bo‘lgani aytiladi, bu esa tananing ma’lum bir allergenga reaktsiyasidir. Misol uchun, shokolad tarkibida mavjud bo‘lgan xandon pistaga.Ha, haqiqatan ham, shirinlikda kaloriya juda yuqori, bu haqda diyetologlar ogohlantiradilar. Biroq, shokolad sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Iste’mol me’yorida bo‘lib, mahsulot tarkibiy qismlariga allergik reaktsiyalar yo‘q bo‘lsa, albatta.