“Meta” AQShda uchinchi tomon faktchekingi dasturi (Third Party Fact-Checking Program) tugaganini e’lon qildi va uni yangi vosita — Community Notes bilan almashtirishni taklif qildi.
“Provereno.media” muallifi va Factcheck.kz sayti sobiq bosh muharriri Pavel Bannikov bu qarorni tanqid qildi va Mark Sukerbergning bayonotini asossiz deb baholadi.
“Fakchek — tsenzura emas. Tsenzura kontentni yo‘q qiladi, faktchek esa kontekst qo‘shadi, mohiyatni tushuntiradi va haqiqat haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi”, — deb ta’kidladi Bannikov.
Uning fikricha, faktchekerlarning noxolisligi va samarasizligi haqidagi ayblovlar “Meta”ning o‘zining ichki muammolari uchun aybni tashqi dastur zimmasiga yuklashga urinishiga o‘xshaydi.
“Faktchekerlar hech qachon “Meta”ning algoritmlariga yoki kontent moderatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaganlar, ularning vazifasi — so‘z erkinligini cheklash emas, balki auditoriyaga haqiqatni tushunish uchun vositani taqdim etishdir”.
“Meta” kompaniyasining qarori axborotni tekshirish darajasining pasayishiga va kompaniya mahsulotlari ichida dezinformatsiyaning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Bannikovning ta’kidlashicha, Community Notes professional faktchekning o‘rnini bosishga qodir emas: “Faktchekerlar siyosiy tarafkashlikni istisno qiladigan usul va standartlarga ega, Community Notes esa kamroq samarali vosita bo‘lishi mumkin”. Ekspertning fikricha, dasturning yopilishi siyosiy jihatlar bilan bog‘liq.