“Privacy Badger” nima va u qanday ishlaydi?

Privacy Badger — bu “Electronic Frontier Foundation” (EFF) tomonidan

yaratilgan brauzerlar uchun kengaytma bo‘lib, u foydalanuvchilarni kuzatishlar

va ma’lumotlar sizib chiqishidan himoya qiladi. U veb-saytlardagi

faoliyatingizni kuzatishga harakat qiladigan trekerlarni bloklaydi va internetda

ishlagan vaqtingizda maxfiyligingizni saqlashga yordam beradi.

Instrument reklama yoki tahliliy trekerlar kabi keraksiz elementlarni avtomatik ravishda aniqlaydi va ular ishlashining oldini oladi. “Privacy Badger”ning boshqa reklama blokirovkachilaridan farqi shundaki, u barcha kontentni oldindan bloklamaydi, balki trekerlarning xatti-harakatlarini tahlil qiladi va faqat sizning maxfiyligingizni buzayotganlarini bloklaydi.

“Privacy Badger”dan qanday foydalaniladi?

  • Brauzeringiz kengaytmalari do‘koni (Chrome, Firefox, Edge)ga o‘ting va “Privacy Badger”ni o‘rnating. O‘rnatgandan so‘ng kengaytma murakkab sozlashni talab qilmasdan darhol ishlay boshlaydi.
  • “Privacy Badger” siz kiradigan barcha veb-saytlarni avtomatik ravishda tahlil qiladi. U qaysi elementlar siz haqingizda maʼlumotlarni toʻplashga harakat qilayotganini kuzatib boradi va kuzatayotganini sezganlarini bloklaydi.
  • Agar kengaytmaning ishlashini nazorat qilmoqchi bo‘lsangiz, uning interfeysini oching. Bu yerda siz bloklangan trekerlar ro‘yxatini ko‘rishingiz va kerak bo‘lganda ularga qo‘lda ruxsat berishingiz yoki bloklashingiz mumkin.

“Privacy Badger”dan nima uchun foydalaniladi?

“Privacy Badger” foydalanuvchilarga shaxsiy maʼlumotlarini uchinchi tomon xizmatlari tomonidan toʻplanishidan himoya qilib, internetda xavfsizlikda bo‘lishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaydigan va ularning onlayn faoliyati kuzatilishini istamaydigan jurnalistlar, faktchekerlar va tadqiqotchilar uchun foydalidir.

Ushbu vosita, shuningdek, maqsadli reklamaning oldini oladi va ma’lumotlarning sizib chiqishi xavfini kamaytiradi, internetdagi ishning umumiy sifati va xavfsizligini yaxshilaydi.

“Privacy Badger” shunisi bilan foydaliki, u sizning roziligingizsiz maʼlumotlarni toʻplashga urinayotgan trekerlarni bloklash orqali maxfiyligingizni samarali himoya qiladi. Vositadan foydalanish oson, u murakkab sozlamalarni talab qilmaydi va avtomatik ravishda ishlaydi, bu esa barcha foydalanuvchilar uchun qulaydir. Yuklanadigan elementlar sonini kamaytirish orqali u veb-saytlar ishlashini tezlashtiradi, ularning ish samaradorligini yaxshilaydi. Shuningdek, “Privacy Badger” shaffoflikni ham ta’minlaydi: qaysi trekerlar bloklanganligini ko‘rishingiz va kerak bo‘lsa, ularning sozlamalarini boshqarishingiz mumkin. Kengaytma mashhur brauzerlar bilan mos keladi va agar ular sizning maxfiyligingizni buzmasa, veb-saytlarning ishlashiga xalaqit bermaydi.

Foydalanish misoli: Siz tekshiruv ustida ishlayapsiz va ko‘plab veb-saytlarga kirasiz. “Privacy Badger” maxfiyligingizni saqlab, sizning harakatlaringiz haqida ma’lumot to‘plashi mumkin bo‘lgan trekerlarni avtomatik ravishda bloklaydi. Bundan tashqari, vosita sizni xatti-harakatlaringiz asosida istalmagan reklamadan himoya qiladi va ehtimoliy ma’lumotlar sizib chiqishining oldini oladi.

“Privacy Badger” Internetdagi maxfiyligi va xavfsizligini qadrlaydiganlar uchun ajoyib instrumentdir.