Gulnora Karimova haqiqatan ham ozodlikka chiqdimi?

Ayrim Telegram kanallarida Gulnora Karimovaning qamoqdan chiqqani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

HUKM: YOLG‘ON

Gulnora Karimovaning ozod etilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu maʼlumotni Oʻzbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov rasman rad etdi. Unga ko‘ra, u 2020-yilda sud tomonidan chiqarilgan hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni o‘tashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyida Toshkent shahar sudi Gulnora Karimovani jinoiy guruh tuzish, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, shuningdek, jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda aybdor deb topdi. Sud uni 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo muddati 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblanadi, ya’ni ozod qilish faqat 2028-yildan keyin amalga oshirilishi mumkin (agar to‘liq muddat muddatidan oldin ozod qilinmasdan o‘talsa).

Telegram kanallari go‘yoki “ishonchli manbalar”ga havola qilganiga qaramay, rasmiy idoralar bunday ma’lumotlarni tasdiqlamayapti. Bunday tekshirilmagan ma’lumotlarning tarqalishi jamoatchilikni chalg‘itadi.