2025-yil may oyi o‘rtalarida Vesti.uz saytida “Pfizer vaksinalari yosh yigitlarni o‘ldirmoqda” sarlavhali material e’lon qilingan edi. Maqolada aytilishicha, AQSh oziq-ovqat va medikamentlar sifatini saninar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) COVID-19 vaktsinalari, ayniqsa “Pfizer” va “Moderna” vaktsinalari o‘smirlar va yigitlarning “yurak mushaklarini buzayotganini” ta’kidlagan. Bundan tashqari, emlash “insoniyat ustida qilingan tajriba” bo‘lganini ta’kidlaydi.
Factchecknet.uz tahririyati ushbu bayonotlarni tekshirishga qaror qildi. Mana biz nimani aniqladik.
HUKM: MANIPULYATSIYA
2025-yil 21-may kuni Amerikaning “CBS News” telekanali yangilik eʼlon qildi, unga koʻra, FDA “Pfizer” va “Moderna”dan “Comirnaty” va “Spikevax” vaktsinalaridagi ogohlantirish yorliqlarini yangilashni talab qildi. Ushbu qaror farmakologik nazorat bo‘yicha yangi ma’lumotlar va so‘nggi ilmiy nashrlarga asoslangan.
Bu emlashdan keyin miyokardit (yurak mushagining yallig‘lanishi) va perikardit (yurak shilliq qavatining yallig‘lanishi) rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan yosh guruhini ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Ilgari “Pfizer” vaktsinasi uchun xavf ostida bo‘lgan yosh 12-17 yosh, “Moderna” uchun esa 18-24 yosh edi. Yangi umumiy ogohlantirish 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga nisbatan qo‘llaniladi — bu yallig‘lanishning eng yuqori darajasi qayd etilgan guruhdir.
FDA raqamlari: xavf qanchalik katta?
| Aholi guruhi (foiz) | Miyokardit bilan kasallanish | Emlangan sonidan |
| 65 yoshdan kichik barcha | ≈ 1 million dozaga 8 ta holat | 0,0008% |
| 16 – 25 yoshdagi yigitlar | 1 million dozaga 38 ta holat | 0,0038% |
Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto yuqori xavf guruhida ham bu juda kamdan-kam holatlar: qabul qilingan million dozada miyokarditning maksimal 38 epizodlari haqida gap boradi. Aksariyat aziyat chekkanlar yengil yallig‘lanishni boshdan kechirganlar va 3-6 oy ichida to‘liq tiklanishgan. Ushbu ma’lumotlar regulyatorga tayangan holda “Axios” portalida ham e’lon qilindi.
COVID-19 ning o‘zi qanchalik xavfli?
Kanadada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 infektsiyasidan keyin miokardit emlangandan ko‘ra 7-10 marta tez-tez uchraydi. Bundan tashqari, bunday holatlar og‘irroq, kasalxonaga yotqizishni talab qiladi va asoratlar xavfi yuqori. Bu emlashni rad etish yurak uchun emlashdan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkinligini anglatadi.
Busterlar haqida nima deyish mumkin? Taqiq bormi?
Vesti.uz maqolasida aytilishicha, “ilmiy asoslar yetishmagani sababli Qo‘shma Shtatlarda qo‘shimcha emlash cheklangan”. Bu haqiqatga mos emas.
Aslida, FDA haqiqatan ham 65 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom odamlar uchun qayta emlash chastotasini ko‘rib chiqmoqda. Biroq, bu taqiq emas, balki ko‘proq maqsadli, ma’lumotlarga asoslangan yondashuvga o ‘tishdir. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) surunkali kasalliklar, zaif immunitet, yosh va boshqalar kabi individual xavf omillarini hisobga olgan holda, 6 oydan ortiq barcha shaxslar uchun busretlarni tavsiya qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarga maktublarda FDA quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Klinik kechish deyarli har doim yengil, yurak disfunktsiyasining past darajasi bilan bo‘lsa-da, miyokardning shikastlanishibaribir kuzatildi. Biroq, aksariyat hollarda yurak MRT natijalariga ko‘ra ijobiy dinamika qayd etilgan”. Regulyator, shuningdek, miokarditning emlashdan keyin uzoq muddatli oqibatlari bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilayotganini xabar qildi. Hozirda bunday ma’lumotlar yo‘q.
Sarlavhalar va Telegram kanallari qanday qilib buzib ko‘rsatdi
| Ijtimoiy tarmoqlar / OAVdagi da’vo | Haqiqat | Baholash |
| «FDA vaksinalar yurakka zarar yetkazishini tan oldi» | Gap faqat tor yoshdagi guruhda million dozaga 38 ta holat haqida bormoqda | Manipulyatsiya |
| «Yosh erkaklar ommaviy aziyat chekmoqda» | Chastota < 0,004 %; holatlarning ko‘pchiligi yengil | Bo‘rttirish |
| «Boosterlar foydasizligi sababli taqiqlangan» | Hech qanday taqiq yo‘q; qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilmoqda | Yolg‘on |
Siyosiy kontekst
“Vaktsinalarning zarari” haqidagi materiallar AQSh Senatidagi tinglovlardan biroz oldin nashr etilgan, unda FDA va CDC ga qarshi nojo‘ya ta’sirlarni “yashirish” da’volari muhokama qilingan. Ishtirokchilar orasida vaktsinaga qarshi mashhur faol kenja Robert Kennedi bilan hamkorlik qiladigan advokat Aaron Siri ham bor.
Yangiliklar sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatini buzib ko‘rsatdi. Mana manipulyatsiya nimada:
1. Hissiy iboralardan foydalanish ommaviy tahdidning tasvirini yaratadi, faktlar esa juda kam uchraydigan va asosan yengil holatlar haqida gapiradi.
2. Asosiy kontekst e’tiborga olinmaydi — vaktsinalar hayotni saqlab qoladi va COVID-19 dan og‘ir asoratlar, shu jumladan, xuddi shu miokardit xavfini kamaytiradi.3. FDA va CDC tavsiyalari hali ham mRNK vaktsinalarining yuqori samaradorligini tan oladi va ulardan voz kechishga chaqirmaydi.