Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Dastlab “X” ijtimoiy tarmog‘ida, so‘ng ko‘plab ommaviy axborot vositalarida yonayotgan mashina videosi e’lon qilindi. Xabarlarda bu mashina Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning karvonidagi mashinalardan biri ekanligi va unga suiqasd qilish maqsadida portlatilgani da’vo qilingan. Bundan tashqari, shahzoda qo‘riqchilari orasida qurbonlar borligi haqida ham ma’lumotlar ilova qilingan. Xabarlar odamlar o‘rtasida ulashilib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Factchecknet.uz xabar va video rostligini so‘roq ostiga olib, tekshirib ko‘rdi. Maqolada xabarlarning manbasini tahlil qilib, bu haqda Saudiya Arabistoni Qirolligi rasmiy manbalari hamda taniqli xalqaro nashrlar nima deyayotganini ko‘rib chiqdik.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Photo: BBC

HUKM: YOLG‘ON

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-may kuni Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmonning hayotiga suiqasd qilingani haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Xabarlarda aytilishicha, voqea Jidda shahrida, tunda ro‘y bergan. Shahzodaning mashinalar karvoniga hujum uyushtirilgani, qirolning soqchilari orasida yaralangan va halok bo‘lganlar borligi xabar qilingan. 

Bu xabar va unga ilova qilingan videoni o‘zbek tilidagi katta auditoriyaga ega internet-saytlar (1, 2, 3, 4 va telegram-kanallar ham eʼlon qilishdi (1, 2, 3). 

Bu da’vo qayerdan kelib chiqdi?
Bu da’vo dastlab “X” (sobiq Twitter) ijtimoiy-tarmog‘idagi “Hammud Abu Mismar” nomli akkaunt tomonidan 6-may, dushanba kuni soat 21:12 da e’lon qilingan.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Tvit ayni shu kuni 22:50 da “Dr.Sam Youssef Ph.D.,M.Sc.,DPT” (@drhossamsamy65) akkaunti tomonidan ham qayta nashr etilgan va million martaga yaqin ko‘rilgan.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Keyin esa Isroilga tegishli “Mossad Commentary”(MOSSADil) akkaunti xabarni qayta joylashtirgan, bu xabar ham million martadan oshiq ko‘rilgan va tarqatilgan. Shundan so‘ng, xabar ingliz, arab va boshqa tillardagi ko‘plab saytlarga ko‘chgan.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Saudiya Arabistoni Qirolligining rasmiy manbalari bu haqda nima demoqda?

Saudiya Arabistoni Qirolligidagi yetakchi nashrlar bo‘lmish Saudi Arabia, Saudiya Arabiston Axborot Agentligi, shuningdek, Saudiya Arabistoni Qirolligi rasmiy veb-sayti, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Saudiya fuqarolik mudofaasining rasmiy sayt va tarmoqlardagi sahifalarida kalit so‘zlar orqali qidiruv berganimizda, suiqasd haqida hech qanday xabar yoki rasmiy munosabatlar chiqmadi. 

Suiqasd haqida xabar bergan yuqoridagi o‘zbek tilidagi OAVning aksari manba sifatida Turkiyaning “Yeni Şafak” nashrini keltirib o‘tishgan. Ammo birlamchi xabarga yo‘naltiruvchi havola keltirilmagan. Agarda saytga arab, ingliz va turk tillaridagi kalit so‘zlar orqali qidiruv berib ko‘rsangiz, bunday xabar mavjud emasligiga guvoh bo‘lasiz.  

Tarqalgan videoning  suiqasd voqeasiga hech qanday aloqasi yo‘q

“Misbar faktcheking” platformasiga ko‘ra, yonayotgan mashinalar aks etgan videoning suiqasd da’vosiga hech qanday aloqasi yo‘q. Platformaga ko‘ra, videoning birlamchi kadrlari o‘rganib chiqilgach shu ma’lum bo‘lganki, videodagi holat 16-mart kuni “Saudi M&m’s” nomli TikTok akkaunti tomonidan joylangan va keyinchalik X (sobiq Twitter)dagi akkauntlar orqali ham ulashilgan. 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Biroq, asl manbalar TikTok va X’dagi  akkauntlaridan videoni o‘chirib tashlashgan. 
2024 yil, 16-mart kuniga tegishli kalit so‘zlarni qidirish va qidiruv natijalarini filtrlash orqali Saudiya Arabistoni Fuqarolik mudofaasi sahifalarida Ar-Riyodda ikkita avtomobil to‘qnashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgani haqidagi xabar aniqlandi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?


O‘sha kuni ertalab Fuqarolik mudofaasi Ar-Riyoddagi yo‘l-transport hodisasi natijasida yonib ketgan ikki avtomobil suratini e’lon qilib, qurbonlar yo‘qligini tasdiqlagan. Fuqarolik mudofaasi tomonidan e’lon qilingan rasmdagi detallarni  suiqasdga oid deyilayotgan video bilan taqqoslasak, do‘kon nomidagi harflar va shakllarning joylashuvi, to‘r shaklidagi shisha oynalar, yonib ketgan avtomobil modeli va rangida (kulrang Range Rover) o‘xshashlikni ko‘ramiz.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Suiqasdga oid deya da’vo qilinayotgan videodagi kadrni Fuqarolik mudofaasi e’lon qilgan surat bilan solishtirib ko‘rdik

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Saudiya fuqarolik mudofaasi tarqatgan suratda Ar-Riyod shimoli-g‘arbidagi. Qirol Salmon bin Abdulaziz yo‘lida sodir bo’lgan yong’inni o’chirish holati aks etgan

Ar-Riyodda xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi hech narsa ro‘y bermagan

Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi xavfsizlikka tahdid yoki suiqasdga urinish bilan bog‘liq hech qanday bayonot yoki ma’lumotni e’lon qilmagan, bu da’vo rasmiy OAV yoki biron bir ishonchli ommaviy axborot vositasida ham e’lon qilinmagan.Ochiq manbalardan ma’lumotlarni to‘plovchi “OSINT Defender” akkaunti Ar-Riyod  aholisi va Saudiya qirollik gvardiya polkiga aloqador shaxsga tayanib, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlarni “tasdiqlanmagan xabarlar” deya e’lon qildi. Unga ko‘ra,  “Bu  mutlaqo yolg‘on xabar va bugun kechqurun shahar ichi yoki yaqinida hech qanday hujum uyushtirilmagan”. Aytilishicha, suiqasd haqidagi xabarlar Isroilning G’azo janubidagi Rafah chegara-o‘tkazish punktiga bostirib kirishi fonida tarqalmoqda, bu media nazarini chalg‘itish uchun Isroil tomonidan atayin uyushtirilayotgan bo‘lishi mumkin ekan. 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar rostmi?

Xulosa:

  • Ishonchli manbalar mavjud emas: xabar shaxsiy akkauntlar orqali tarqatilgan va ishonchli manbalar keltirilmagan;
  • Rasmiy munosabat yo‘q: Saudiya Arabistonining hech qanday rasmiy manbalari, jumladan hukumat veb-saytlari yoki yirik axborot agentliklari suiqasdga urinish haqida xabar bermagan;
  • Video noto‘g‘ri talqin qilingan: videoning suiqasd da’vosiga aloqasi yo‘q va bir necha oy avval Ar-Riyodda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan olingan.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar asossiz. Dalil sifatida keltirilgan video noto‘g‘ri talqin qilingan va u tavsiflanayotgan voqeani tasvirlamaydi.