12 fevralda “Дайджест – Новости Узбекистана” Telegram kanalida 18 yoshli talabaning energetiklardan vafot etgani haqida xabar tarqaldi.
Xabarda, Denis ham ishlab, ham o‘qiganligi shuningdek juda ko‘p energetiklar isteʼmol qilganligi, voqea Rossiyada sodir bo‘lgani haqida maʼlumot va surat joylashtirilgan.
HUKM: FEYK
Manbalarni tekshirib, so‘nggi oylarda Rossiyada energetiklar taʼsirida o‘lgan o‘smirlar va yoshlar haqida maʼlumot yo‘qligi aniqlandi. Oxirgi marta shunday voqea 15-iyun 2022 yil – Samara viloyatida 14 yoshli bola bilan sodir bo‘lgan.
Denis voqeasi 20 yoshlik Nijniy Novgorodlik Denis Radionovichev ismli yigit bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. Ma´lumotda o‘lim sababi energetiklarni ko‘p isteʼmol qilish deyilgan, ammo ushbu xabar ham 2018 yil chop etilgan ko‘chirma xabardir. 2010 yilda Nijniy novgorodlik Denis Radionov – energetik ichimliklar iste´mol qilganidan so‘ng, o‘z o‘zidan yiqilib vafot etganligi haqidagi xabardan olingan.
O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqda ommaslahgan xabardagi fotosurat esa Boshqirdistonlik 18 yoshli sanʼat kolleji talabasi Denis X. ga tegishli. Xabarda aytilishicha, Denis 7-fevral 2023 yil ortiqcha ish yuklamasi va dam olmagani tufayli vafot etgan. Asl manbada Denis energetik ichimliklar iste’mol qilgani haqida hech qanday ma’lumot yo’q.