Keles yo’li ko’chasi va’da qilingan vaqtda ochilmadi

2023-yil 19-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Olmazor tumanidagi Keles yo’li ko’chasida kengaytirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, atrofini obodonlashtirish bo’yicha ishlar olib borilayotgani haqida xabar tarqatgan edi. 

“Shu munosabat bilan, Toshkent shahar hokimining 2023-yil 18-iyuldagi 147-14-0-F/23-sonli farmoyishiga asosan, 19-iyul soat 20:00 dan 30-avgust kuniga qadar Keles yo’li ko’chasining Noraztepa ko’chasi bilan kesishmasidan Uzumbog’ ko’chasi kesishmasigacha bo’lgan oralig’i barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida. 

Biz ta’mirlash ishlari yakunlanishi va yo’lning ochilishi belgilangan sanadan bir necha kun o’tib, vaziyatni o’rgandik.

HUMK: BAJARILMADI

1,8 km uzunlikdagi Keles yo’li ko’chasi 2023 yil 30 avgust kuni ochilmadi. Yo’l hali ham ta’mirlanmoqda. “Ta’mirlash qachon tugaydi”, degan savolga ta’mirchilar shunday javob berishdi: “Yana kamida 20 kun bor. Bu yerda ish ko’p”.