Xorazmdan Qoraqalpog’istonga olib o’tuvchi ko’prik qurilishi vaqtida yakunlanmadi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 12-13-dekabr kunlaridagi Xorazm viloyatiga bo’lgan tashrifi chog’ida Amudaryo ustida Xorazm viloyatini Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan bog’lovchi ko’prik loyihasi bilan tanishgan va uning qurilishi “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyatiga topshirilgandi. Uzunligi 413 metr bo’lgan bu ko’prikda Qorao’zak tumanidan Shovotga qadar 79 km bo’lgan temir yo’l qurish ham rejalashtirilgan. Bu haqida Prezidentning rasmiy saytida ma’lum qilingan. Ko’prikda qurilish ishlari boshlangan vaqtda esa uning 2022-yilning sentabrigacha tugatilishi ma’lum qilingan.

Ammo bugungi kunda ko’prikda ishlar hali ham davom etmoqda.

HUKM: BAJARILMADI

Amudaro tumani hokimligining ma’lum qilishicha, qiymati 400 mln dollarga baholanayotgan poyezd va avtomobillar uchun xizmat ko’rsatuvchi qo’shma ko’prikda yakuniy ishlar amalga oshirilmoqda. Agar ko’prik foydalanishga topshirilsa, Rossiya va Qozog’istondan yuklarni tashish masofasini 240 kilometrga, vaqtini esa 6 soatga qisqartiradi. 

Ayni vaqtda transportlar Amudaryodan o’tish uchun eskirib, deyarli foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan ponton ko’prikdan foydalanmoqda.