O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2022-yil 1-oktabrgacha “Tabarruk ziyorat” platformasini ishga tushirishi kerak edi. Veb-saytda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo yettita davlatlarning mutafakkirlari va olimlari, moddiy-madaniy meros obyektlari haqida aʼzo davlatlar tillarida maʼlumotlar joylashtirilishi ko´zda tutilgan.
Factchecknet.uz jurnalistlari loyihaning bajarilganini tekshirib ko´rdilar.
HUKM: QISMAN BAJARILGAN
“Tabarruk ziyorat” platformasi ishga tushirilgan.

Veb-saytda O‘zbekistonning 73 ta moddiy-madaniy meros obyektlari haqida ma’lumotlar mavjud. Tashkilotga aʼzo qolgan olti davlatining tegishli boʻlimlarida esa ma´lumot yo´q. Ammo Prezidentning 2022-yil 29-iyuldagi PQ-338-son qarorida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning moddiy-madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlarni joylashtirish majburiyati belgilangan.

Sayt ma’lumotlarini olti tilda ko’rsatish ishlamaydi va faqat o’zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilgan.

“Tabarruk ziyorat” platformasi faoliyat ko‘rsatgan bir yil davomida saytda faqat beshta yangilik joylashtirilgan. Qarorga koʻra Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning atoqli mutafakkirlari haqida maʼlumotlar veb-saytda joylashtirilishi kerak edi, biroq ular haqida bironta ma’lumot yoʻq.