2023-yil yanvar oyidagi Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 100 ta mikro GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanishi aytilgan. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bergan edi.
Factchecknet.uz ushbu vazifa ijrosini tekshirdi.
HUKM: BAJARILGAN
Biz bilan telefon orqali suhbatlashgan Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayevga ko‘ra, belgilangan miqdordagi loyihalar ishlab chiqilgan va tegishli organlarga ekspertiza uchun taqdim etilgan. 2024-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan kichik va mikro GESlar soni 18 ta bo‘lib, ularning umumiy quvvati 24,5 million kilovattni tashkil qiladi. Bu quvvat o‘rtacha 45 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi, natijada yiliga 36 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Xususan, Qashqadaryoda 3 ta, Samarqandda 5 ta, Surxondaryoda 3 ta, Andijonda 1 ta, Farg‘onada 2 ta va Toshkent viloyatida 4 ta mikro GESlar qurilishi ko‘zda tutilgan.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.