Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari Ahadjon Akramov o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasiga 2023 yil 21 sentyabr sanasida “Bir oy muddat ichida zamonaviy jihozlangan “Yoshlar saylgohi” Farg‘ona yoshlari ixtiyoriga topshirilishi rejalashtirilgan”, – deya ma’lum qilgandi. Uning so´zlariga ko´ra dastlab homiylar mablag‘lari jalb qilingan holda qayta ishlov berish orqali Farg‘ona shahri markzidagi Kashtanzorlar ko‘chasida “Yoshlar saylgohi”ni tashkil etish boshlangan. Joriy yilda o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-bosqichida esa ushbu saylgoh g‘oyasi ham ishtirok etdi va “Yoshlar sayilgohi” hamda “Yoshlar ijod bog‘i”ni zamonaviy chiroqlar, LeD monitor, Karaoke, stol tennis, Shaxmat maydonchasi, Selfi va foto hududlar bilan jihozlash uchun 1 mlrd 320 mln so‘m miqdorida budjet mablag‘lari ajratilishiga erishdilar.

Ho‘sh ushbu va’da haqiqatdan xam bajarildimi yoki yo‘q nashrimiz jurnalisti oradan bir oydan ortiq vaqt o‘tgach, noyabr oyida viloyatda bo‘ldi va “Yoshlar saylgohi”ni ko‘zdan kechirdi.
HUKM: BAJARILDI
Quyidagi foto suratlar Farg‘ona shahri markazidagi Kashtanzorlar ko‘chasida tashkil etilayotgan “Yoshlar saylgohi”ning hozirgacha yakunlangan va ishlar ketayotgan jarayonlarini ifodalaydi.





O‘rganishlar davomida, yuqoridagi mutasaddi hodimning feysbukda e’lon qilgan postidagi Karaoke hududi, Selfi va foto hududlari ish faoliyatida ekanligi, qolgan ishlar bosqichma bosqich bajarilayotganligini aytib o‘tishimiz lozim.
Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati tarqatayotgan xabarlarga ko’ra, “Yoshlar saylgohi” ning tantanali ochilish marosimi 7- dekabr kuni Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov va viloyat yoshlari ishtirokida o´tkazildi. Ma´lumot o´rnida, saylgoh va´da qilingan bir oy muddatda emas, ikki oy o´tib foydalanishga to`shirildi.


