Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti qisqardimi?

2023-yil 6-dekabr kuni Telegram kanallarida gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti soat 6:00 dan 15:00 gacha qisqartirilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, bu esa uzun navbatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Ko‘pchilik haydovchilar bu haqida hech kim ogohlantirmagani, vazirlik va idoralar tomonidan bunga izoh berilmaganini aytib, norozilik bildira boshladilar.

HUKM: ROST

8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Xududgazta’minot” AJ mamlakatning barcha hududlarida “iste’molchilar va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida” soat 6:00 dan 15:00 gacha gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy etilayotgani haqida xabar berdi.

“Mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga boʻlgan talab birmuhcha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining koʻpayishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi”, — deyiladi xabarda.

“Xududgazta’minot” 12-dekabrdan O‘zbekistonda AGTKSh’ning ish jadvali soat 6:00 dan 12:00 gacha qisqartirilishini ma’lum qildi.

Haydovchilardan gaz quyish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari so‘ralmoqda.

13-dekabr kuni Toshkent shahri va beshta viloyatdagi gaz quyish shoxobchalarining yarmida ish toʻxtatildi.

“Xududgazta’minot” kompaniyasi Toshkent va O‘zbekistonning beshta viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarining yarmida ish vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.

Ushbu hududlardagi 1179 ta gaz quyish shoxobchalaridan faqat 547 tasi (46%) soat 6:00 dan 12:00 gacha ishlayapti.

Kompaniyada bunday qaror aholiga gaz yetkazib berishda uzilishlarning oldini olish maqsadida qabul qilinganini taʼkidlashdi.