Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanadimi?

Telegram kanallaridan biri Janubiy Koreya hukumati it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun qabul qilayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.

“Davlat statistik maʼlumotlariga koʻra, Janubiy Koreyada it goʻshtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotadigan taxminan 1150 ta it fermasi, 34 ta goʻshtni qayta ishlash korxonasi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud”, — deyiladi hisobotda.

HUKM: HAQIQAT

It goʻshtini iste’mol qilish koʻp asrlar davomida an’anaviy Janubiy Koreya madaniyatining bir qismi boʻlib kelgan. Biroq, soʻnggi oʻn yillikda qarashlar oʻzgardi. Xalqaro hayvonlarni himoya qilish jamiyatining 2020 yilgi so‘roviga ko‘ra, respondentlarning katta qismi hech qachon it go‘shti iste’mol qilmaganini va Janubiy Koreyada menyuda uni taklif qiladigan restoranlar soni kamayib borayotganini aytishgan. Respondentlarning 60% ga yaqini it go‘shtini butunlay taqiqlash tarafdori bo‘lgan.

Hozirda Janubiy Koreyada it go‘shti taqiqlanmagan.2023-yilning 17-noyabr kuni Milliy assambleyadagi brifingda Janubiy Koreya hukumati bir yil ichida it go‘shtini iste’mol qilishni to‘xtatish bo‘yicha maxsus qonun qabul qilinishga erishishga qaror qilganini bildirdi.

Foto: Janubiy Koreya hukumati Milliy assambleyasi yig‘ilishi

Maxsus qonun qabul qilingandan so‘ng, oziq-ovqat maqsadida itlarni ko‘paytirish, so‘yish, tarqatish va sotish butunlay taqiqlanadi. It fermalari va boshqa obyektlarni yopish uchun uch yillik imtiyozli davr taqdim etish rejalashtirilgan.

Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligining KBS tomonidan olingan “Oziq-ovqat uchun itlarni koʻpaytirish va tarqatish boʻyicha tadqiqot” maʼlumotlariga koʻra, oziq-ovqat uchun itlarini koʻpaytiruvchi fermalar soni 1156 tani tashkil etgan.

Bu fermalarda yetishtiriladigan itlarning umumiy soni 521 ming 121 bosh, har bir fermaga o‘rtacha 450 boshga yaqindan toʻgʻri keladi.

Foto: Goyang shahrida joylashgan it fermasi/Manba: animalrights.kr

Bu Janubiy Koreyada  it fermalari va inson isteʼmoli uchun moʼljallangan restoranlarning haqiqiy holati davlat darajasida tekshirilgan birinchi holatdir.

Respondentlarning qariyb 85,5 foizi hozirda it goʻshtini isteʼmol qilmasligini, 14,1 foizi esa isteʼmol qilishini aytdi.Janubiy Koreyada it yeyish madaniyatiga qarshi mitinglar tez-tez oʻtkazib turiladi.