2023-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi doirasida xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi.
Factchecknet.uz tahririyati tadbirlarda berilgan oltita va’dani jamladi.
- Davlat rahbari “Semmaris” kompaniyasi raisi Stefan Layanining Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatida agro logistik majmualarni qurish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
- Prezident “Meridiame” kompaniyasi raisi Tyerri Do bilan uchrashuvda kompaniyaning “Yangi Toshkent” qurilishi doirasidagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
- Shavkat Mirziyoyev “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashib, kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi bug‘ va gazda ishlaydigan elektr stansiyalari qurilishidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatladi hamda loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.
- O‘zbekiston rahbari “Lactalis” kompaniyasining Namanganda sut mahsulotlari ishlab chiqarish rejalarini olqishladi.
- “Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi Kristian Vijsen bilan uchrashuvda tomonlar onkologik dori vositalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollarini muhokama qildi.
- Shavkat Mirziyoyev Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu bilan uchrashib, agentlikning budjetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarni imzolash va hamkorlikning texnik-iqtisodiy loyihalarni tayyorlash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.