Telegram-kanallarda moskvalik 12 yoshli o‘smir maktabda Lava-Lava ichimligi sotib olgani va oradan biroz vaqt o‘tib “to‘satdan kasal bo‘lib qolgani” haqida xabar paydo bo‘ldi.
Manbada keltirilgan ma´lumotga ko´ra, o‘qituvchilar tez yordam chaqirishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek xabarda bu ichimlikni O‘zbekistondagi do‘konlarda ham topish mumkinligini eslatib, ota-onalardan ogohlantirish so‘ralgan.
HUKM: YOLG’ON
Rossiya kanallarida maktab o‘quvchisining zaharlangani haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq, hikoya voqea joyida tugamagan. Bolaning onasi uni kasalxonaga yotqizishdan bosh tortgan va uyiga olib ketgan.
Voqea sodir bo’lganidan keyin tekshiruv o’tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchisi zaharlangan oshxona ishchilari bir shisha Lava Lava ichimligiga Progress tozalash vositasini quyib, tasodifan bolaga sotib yuborishgan.2022-yil avgust oyida Lava Lava brendining sotuvga chiqarilishi haqida blogger Vlad A4 xabar bergan edi. Voqeadan so´ng ichimlik nomi rus nashrlaridagi yangiliklarda paydo bo’ldi. Biroq, tekshirish va qo’shimcha faktlar aniqlangach, bu materiallar olib tashlandi.

RT keshidan life.ru ga havola bilan skrinshot. Ikkala maqola ham olib tashlandi.