Parashyutсhi bolalar: rost yoki yolg‘on

Ijtimoiy tarmoqlarda parashyutda sakrayotgan bolalar suratlari tarqalmoqda. Biz ushbu suratlarning reallikka qay darajada mos kelishini tekshirib ko‘rdik.

HUKM: YOLG‘ON

Sun’iy intellekt hayotimizga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Uning yordamida allaqachon kitoblar, musiqiy asarlar, rasmlar, matnlar va fotosuratlar yaratilyapti. Yaqinda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan chaqaloqlarning fotosuratlari internetda tarqaldi. 

Facebook foydalanuvchisi Timoti J. Nemeth mutoyiba bilan ushbu suratlarni yaratishda bolakaylar ziyon ko‘rmaganini yozgan. Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan fotosuratlar muallifi o‘zining Facebook’dagi sahifasida hazil bilan parashyutdan sakrash mashg‘ulotlari bolalar uchun juda foydali ekanini yozadi. Suratlar shunchalik real ko‘rinishda yaratilganki, kishi haqiqatan ham bolalar instruktor bilan birga sakrashayotganiga ishonib qolishi hech gap emas. 

Muallifning sahifasida bolalar ishtirokida yaratilgan boshqa ko‘plab suratlar ham bor.Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, turli mamlakatlarda parashyutda sakrash yoshi turlicha belgilangan bo‘lib, O‘zbekistonda bu jarayonda ishtirok etishga 14 yoshdan ruxsat beriladi.