Tarmoqlarda stomatitni davolash bo‘yicha tavsiyalar berishyapti: “Karamni maydalab, sharbatini siqib oling va uni 1/1 nisbatda iliq suv bilan suyultiring. Ushbu eritma bilan kuniga 3-5 marta og‘zingizni chaying”.
Bu aralashma bilan chayqash stomatitni davolashga yordam beradi, deydi Telegram kanallaridan birining mualliflari.
HUKM: YOLG‘ON
Yo‘q, faqat karamning o‘zi stomatitga davo bo‘lolmaydi.
Stomatit — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u shifokor tomonidan tayinlangan murakkab davolanish muolajalarini talab qiladi.
Karamdan foydalanish vaqtinchalik yordam berishi mumkin, ammo kasallikning sababini bartaraf eta olmaydi.
Nima uchun bunday fikr paydo bo‘lgan?
Xalq tabobatida karam barglari ko‘pincha yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli turli xil yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun ishlatiladi.
Sovuq karam bargini yoki uning sharbatini qo‘llash zararlangan joydagi og‘riq va shishni kamaytirishi mumkin, ammo bu davo bo‘la olmaydi.
Nima uchun karam to‘liq davolay olmaydi?
Stomatitning turli sabablari bor: viruslar, bakteriyalar, griboklar, mexanik shikastlanishlar, allergik reaktsiyalar — bularning barchasi stomatitga olib kelishi mumkin. Karam bargi bu sabablarning barchasiga ta’sir qilolmaydi.
Stomatitni davolash odatda antiseptik eritmalar bilan chayish, mahalliy yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash va ba’zi hollarda dori vositalarini tizimli qabul qilishdan iborat bo‘ladi.
O‘zini o‘zi davolanish asoratlar kelib chiqishi va kasallikning uzoq davom etishiga olib kelishi mumkin.
Stomatit toshganida nima qilish kerak?
Shifokorga murojaat qilish zarur, faqat u aniq tashxis qo‘yishi va samarali davo choralarini buyurishi mumkin.
Tishlaringizni va tilingizni muntazam ravishda yumshoq cho‘tka bilan yuving va og‘iz chayish vositasidan foydalaning.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga yomon ta’sir qiladigan achchiq, sho‘r, nordon ovqatlardan saqlaningXulosa: Karam bargi stomatitni davolashda yordamchi vosita bo‘lishi mumkin, ammo davolashning asosiy usuli bo‘lolmaydi. Samarali davolanish uchun shifokor bilan maslahatlashib, uning tavsiyalariga amal qilish lozim.