DataFest — 2023: ma’lumotlar tahlili va dezinformatsiya mavzularida

7 — 11-noyabr kunlari “Forset” tashkilotchiligida sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo miqyosida navbatdagi “DataFest” bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Yettinchi bor tashkil etilayotgan mazkur festival Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tadi.

Festivalning bu yilgi qamrab oladigan mavzulari quyidagilar:

  1. Ma’lumotlar ilmi va sun’iy intellekt;
  2. Data va sun’iy intellekt startaplari;
  3. Sun’iy intellekt etikasi va qoidalari;
  4. Data aktivizm va ochiq hukumat;
  5. Dezinformatsiya va saylovlar;
  6. Data jurnalistika va vizualizatsiya;
  7. Media va demokratiya uchun data va sun’iy intellekt vositalari;
  8. Iqlim va atrof-muhit bilan bog‘liq data.

Bu yilgi festival spikerlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Bu yilgi festivalda ishtirok etish shartlari bilan esa bu yerda tanishing.