Ronaldo Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdimi?

Joriy yil oktyabr oyida Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli shubhali xabarlar tarqaldi. Ulardan biriga ko‘ra Ronaldo shunday degan: “Messi 8-oltin to‘pini oldi. Agar men ham boshqa futbolchilar kabi Isroilni sevaman deganimda, har yili oltin to‘p meniki bo‘lar edi. Lekin men Falastinni qo‘llab quvvatlayman, begunoh o‘layotgan bolalar uchun qayg‘udaman…”

“Agar men boshqa futbolchilar kabi Isroilni sevaman desam, har yili dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlanardim. Men Falastinni qo‘llab-quvvatlayman va u yerda halok bo‘lgan begunoh bolalar uchun motam tutaman”, — dedi Portugaliya terma jamoasi kapitani.

HUKM: YOLG‘ON

Factcheck.kz jamoasi ushbu xabarni tekshirdi. Unga ko‘ra, Ronaldodan iqtibos keltirgan deya da’vo qilinayotgan mazkur mazmundagi postlar ko‘plab marta Instagram (1, 2, 3, 4, 5), ВКонтакте (1, 2, 3, 4), Telegram, Twitter, Facebook, TikTok (1, 2, 3) ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqaldi. Shunga o‘xshash xabarlar diktorning ovozi bilan ham uzatilgan (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8). Ko‘pgina xabarlarda bu ibora futbolchining Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvni rad etgani haqidagi ma’lumotlar bilan birga keladi.

Internetda bu iqtibos Ronaldodan ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q, shuningdek, uning Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvdan bosh tortgani haqida ham ma’lumotlar mavjud emas yo‘q. 

Futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntlarida bunday mazmundagi iqtibosni o‘z ichiga olgan postlar yo‘q. Internetda kalit so‘zlarni qidirish shuni ko‘rsatadiki, bu ibora birinchi marta 2014-yil iyul oyida, xususan, G’azodagi navbatdagi urush fonida paydo bo‘lgan. Topilgan eng birinchi manba Facebook’dagi “Falestina-Asian Chapter Supporters” nomli sahifa bo‘lib, unda 2014-yil 12-iyulda ingliz tilidagi iqtibos keltirilgan. Qizig‘i shundaki, inglizcha versiyada iqtibosga yana bir ishonchsiz xabar hamroh bo‘lgan — go‘yoki Ronaldo isroillik futbolchi bilan futbolka almashishdan bosh tortgan.

Sahifaning mualliflari veteransnewsnow.com veb-saytiga tegishli 2014-yil 3-iyuldagi publikatsiyaga (o‘chirilgan, bu yerda arxivlangan) murojaat qiladi, unda biz tekshirayotgan iqtibos umuman ko‘rinmaydi. Veteransnewsnow.com veb-sayti, o‘z navbatida, 2013-yil 17-aprelda paydo bo‘lgan fransuz tilidagi “streettelevirtuelle” blogidagi postga havola qiladi. Va u boshqa fransuz resursiga – nouvellesdaujourdhui.com saytiga yo‘naltiradi, bu yolg‘on xabar aynan shu yerda 2013-yil 14-aprelda paydo bo‘lgan degan xulosani beradi. Biroq biz tekshirayotgan iqtibos u erda yo‘qligini eslatib o‘tamiz.

Xabarning iqtibos bilan birga Isroil Bosh vaziri bilan uchrashuvni rad etish haqidagi qismi 2014-yil 15-iyulda paydo bo‘ldi. Masalan, ushbu sanada shunday mazmundagi post post VKontakte’dagi VGIK sahifasi tomonidan ulashilgan. Mualliflar hech qanday manbalarga havola bermaganlar, bunday xabarlar ommaviy axborot vositalarida ham paydo bo‘lmagan.

Xabarga Ronaldoning qo‘lida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi plakat ko‘targanligi haqidagi soxta surat ham qo‘shilgan. Xuddi shu postda Ronaldo “futbolkalarni almashtirishdan bosh tortgani, shuningdek, o‘zining “Oltin butsa” mukofotlaridan birini kimoshdi savdosida sotgani, tushgan mablag‘ni falastinlik bolalarga xayriya qilgani” haqida ham eslatib o‘tilgan. Ushbu ma’lumot faktchekerlar tomonidan tekshirilgan va yolg‘on ekanligi aniqlangan (1, 2, 3, 4).