O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni “Tashkent City” xalqaro biznes markaziga tashrif buyurib, u yerda yangi mehmonxonalar va opera teatri qurilishi loyihasi bilan tanishdi.
“Opera teatri 150 oʻrinli ikki qavatli bino boʻlib, opera ijrochilarining konsertlari va chiqishlari uchun moʻljallangan. Binoning balandligi 12 metr, kengligi 23 metr, uzunligi 44 metr bo’ladi. Shuningdek, opera teatri hududida avtoturargoh va favvora quriladi. Ishlarni 15 kun ichida yakunlash rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Factchecknet.uz jurnalistlari opera teatri qurilishi o‘z vaqtida yakunlanganligini tekshirishga qaror qilishdi.
HUKM: BAJARILGAN
Qurilishning tugallanish sanasi – 2023 yil 30 oktyabr. 3 noyabr kuni Factchecknet.uz jurnalistlari opera teatri qurilish joyiga tashrif buyurishdi. Ob’ekt qurilishi yakunlangan.
Quruvchilar opera teatri fasadini lampalar bilan bezatayotgan ekanlar. Teatr qachon ish boshlashi hozircha noma’lum.
