Snicklink Youtube kanalida Greta Tunberg aks etgan video paydo bo‘ldi. Uni 50 ming martadan ortiq ko‘rishdi.

Manba: The One Show – BBC
Videoda ekologiya faoli siyosiy vaziyat va qurolli mojarolar haqida gapiradi va go‘yo “vegan granatalaridan” foydalanishni maslahat beradi.
“…Juda muhim, agar siz qoʻl granatalaridan foydalansangiz, “vegan granatalaridan” foydalaning. Jonivorlar bu tartibsizliklar tufayli aziyat chekishlari kerak emas”, — deyiladi xabarda.
HUKM: FEYK
Ushbu video dipfeyk bo‘lib, satira janrida yaratilgan. Ammo tomoshabin sodir bo‘layotgan voqealarni haqiqat sifatida qabul qilishi mumkin. Greta The one shou studiyasida o‘tiripti, ekranning yuqori chap tomonida BBC logotipi bor. Bunday dastur haqiqatan ham efirga uzatilgan va unda Tunberg ishtirok etgan. Bu 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan edi.
Snicklink kanalida video #satire xeshtegi bilan joylashtirilgan. Shunday qilib, mualliflar uning haqiqiy emasligini ta’kidlashgan.
Dipfeyk mualliflari haqiqiy videoni asos qilib olishgan va uning audioyozuvini o‘zgartirishgan. Shuningdek, ular ba’zi tushunchalarni boshqalari bilan almashtirishgan.
Shunday qilib, feyk videoda Greta go‘yoki o‘zining yangi “Vegan urushlari” kitobi haqida gapirgan.

Manba: Reuters/Genri Nikols
Haqiqatan esa, ular boshqa nomdagi – “The Climate book” kitobi haqida suhbatlashishgan va haqiqiy dasturning bir qismi sifatida ular aynan shu kitob va iqlim o‘zgarishi masalalarini muhokama qilishgandi. Shunday qilib, satira xeshtegi ostida taqdim etilgan barcha ma’lumotlar feyk hisoblanadi.
Ilgari dipfeyklar yaratish texnologiyasi tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llanilgan. Factchecknet.uz ushbu holatni tahlil qilib, dipfeyklarlarni qanday aniqlash mumkinligi haqida ma’lumot bergan.