O‘zbekistonda onlayn firibgarlik sxemalariga tutilmaslik uchun qo‘llanma

Ostap Bender pul olishning 400 ta nisbatan halol usullarini bilar edi. Agar Ilf va Petrovning adabiy personaji zamonaviy davrda yashaganida, u onlayn firibgarlarning iste’dodlaridan lol qolgan bo‘lardi.

Factchecknet.uz internetdagi mashhur aldov turlari haqida to‘xtaladi.

Qayd etish joizki, keyslar, jumladan, Instagram’ning o‘zbek segmentidagi sahifalaridan ham to‘plangan, reklama postlariga havolalar yo‘q, chunki targetlangan reklama ijtimoiy tarmoq tasmasida tarqatiladi.

Aql bovar qilmaydigan daromad va siz hech narsa qilishingiz shart emas. Investitsion firibgarlar sizga aynan shunday istiqbolni va’da qiladi. Foydalanuvchidan faqat pulning bir qismini investitsiya qilish va biroz kutish talab qilinadi: pul daryo bo‘lib oqib keladi.

Instagramdan reklama skrinshoti

Yolg‘on nimada: bir zumda boy bo‘lish mumkin emas! Daromadning bunday  tez va katta miqdorda o‘sishi haqidagi ma’lumot ishonuvchan odamlarga mo‘ljallangan.

Nima qilish kerak: agar siz ijtimoiy tarmoqlarda bunday reklamaga duch kelsangiz hamda “150 ming so‘m investitsiya qiling va bir soat ichida siz 5 100 000 olasiz” kabi moliya va muddatlar bo‘yicha  nomutanosib va’dani ko‘rsangiz, menyuni bosing (post yuqorisidagi uchta nuqta), keyin “shikoyat qiling”, keyin “firibgarlik yoki aldov” tugmalarini bosing.

Shoh nomi bilan! Firibgarlar o‘z takliflarini nufuzli manbalar – davlat, hukumat yoki muayyan davlat dasturlari bilan “tasdiqlashni” yaxshi ko‘radilar. Bunday axborot kun tartibidagi ma’umotlarga qiziqmaydigan, ammo “davlat tomonidan tasdiqlangan” iborasiga osongina ishonadiganlarga mo‘ljallangan.

Instagram’dagi reklama skrinshoti (ushbu postga havola yo‘q, reklama ijtimoiy tarmoq tasmasida tarqatilgan)

Nima qilish kerak: ijtimoiy tarmoqdagi xabar haqida albatta shikoyat qilishingiz kerak, shunda u bloklanadi. Hech qachon shubhali havolalarni bosmang yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.

Brenddan foydalanishadi. Ba’zilar tan olinishi uchun yillar kerak bo‘ladi, boshqalar esa shubhali sxemalarida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan nomlardan foydalanadilar. Qoida tariqasida, “sovg‘alar” va “aksiyalar” ishlatiladi. Muxtasar qilib aytganda, ular bepul pishloqni va’da qiladilar, biroq siz bilganingizdek, u faqat sichqon tuzog‘ida bo‘ladi.

Skrinshot misoli: brendlardan foydalanadigan havolalar shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

Nima qilish kerak: kanal nomiga e’tibor bering. Agar bu brendning rasmiy kanali bo‘lmasa, unda siz havolalarga o‘tmasligingiz va va’dalarga ishonmasligingiz kerak. Katta biznes vakillarining ijtimoiy media kanallari, qoida tariqasida, verifikatsiyalanadi – galochka bo‘ladi. Agar reklamada hech qanday tafsilotlar bo‘lmasa, lekin “hamma uchun sovg‘alar” kabi ko‘plab umumlashmalarga to‘la bo‘lsa, bu, so‘zsiz,  shunday “saxiylik” haqida  o‘ylab ko‘rish uchun sababdir.

Kombo: ham mashhur shaxslardan, ham ommaviy axborot vositalaridan nusxa ko‘chirishdan foydalanish.

Firibgarlar nashrning bir sahifasini ko‘chirib olishadi. Bunda barcha havolalar firibgarlar “oson pul topish” uchun targ‘ib qilayotgan platformaga olib boradi.

Barcha maqolalarni bosish mumkin, lekin ular materiallarga emas, balki qalbaki sahifaga olib boradi.

Xonanda Sevara Nazarxon feyk maqolada moliyaviy muvaffaqiyat tarixini “baham ko‘radi”. Quyidagi har bir so‘z haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q:

“Mashhur xonanda haqiqatni aytganidan afsuslandi. Lekin juda kech edi. U  O‘zbekistonning hatto kambag‘al fuqarosi ham ikki oy ichida millioner bo‘lishi mumkinligini isbotladi”, — deyiladi soxta maqolada.

Ko‘rib turganingizdek, usullar o‘shs-o‘sha: qisqa vaqt ichida pul olish haqidagi va’dalari, “hamma millioner bo‘lishi mumkin” degan umumlashtirish.

Nimasi shubhali: mashhur inson intervyu beradi, unda har bir satrda yengil topiladigan pullar haqida so‘z gapiradi. Buning o‘zi shubhalarni keltirib chiqarishi kerak. Keyinchalik “bu usulni o‘zida sinab ko‘rishga qaror qilgan” “muharrir”ning shaxsiy tajribasi keltiriladi. Xizmatning reklamasi deyarli har bir jumlada ko‘rinadi. Oxirida ro‘yxatdan o‘tishga da’vat qilinadi va quyida haqiqiy OAV sahifasi  ko‘chirib qo‘yilgan.

Sizga xat! Firibgarlar siz bilan bog‘lanib, xabar orqali soxta yetkazib berish manziliga havola yuborishlari mumkin. Hatto, siz hech qanday buyurtma bermagan bo‘lsangiz ham.

Nima qilish kerak: havolalarga o‘tmang, xabar muallifini bloklang.

Ijtimoiy tarmoqlar egalari uchun bu turdagi firibgarliklar yangilik emas, ular haqida maxsus sahifalarda gapiriladi. Masalan, Meta ijtimoiy tarmog‘i bir qator firibgarliklar haqida ogohlantiradi, jumladan:

  • romantik firibgarlik;
  • ish qidirish bilan bog‘liq firibgarlik;
  • lotereya firibgarligi;
  • kredit firibgarligi;
  • xayriya bilan bog‘liq firibgarlik;
  • meros bilan bog‘liq firibgarlik;
  • tijorat firibgarligi;

Bularning barchasi Meta platformasida mavjud bo‘lishi mumkin va foydalanuvchilar hushyor bo‘lishlari kerak.

O‘zingizni firibgarlardan qanday himoya qilishingiz kerak:

  • shubhali havolalarga o‘tmang;
  • karta raqamingiz va uning kodini kiritmang;
  • ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalaning;
  • xabarlarning shubhali tafsilotlariga e’tibor bering;
  • yengil pul va barcha uchun sovg’alar haqidagi reklama aksiyalari haqidagi xabarlarga ishonmang.