Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon narxi ikki baravar oshirildimi?

Telegram kanallarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon markazlarida narxlar ikki baravar oshirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

“Endi birinchi imtihon 1 million so‘m, qayta topshirish esa 1,2 million so‘mni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Factchecknet.uz Sergeli tumanidagi Yangihayot mikrorayonida joylashgan haydovchilik guvohnomasini olishga imtihonlar topshirish uchun imtihon markazida bo‘lib, narxlar ikki barobar emas, to‘rt barobar oshganini aniqladi.

Haydovchilik guvohnomasi imtihonlari narxi 2023-yil 1-dekabrdan boshlab o‘zgardi. Nazariya bo‘yicha birinchi imtihon uchun 500 ming so‘m, avtomobil haydash bo‘yicha ham xuddi shuncha to‘lanadi. Umumiy summa 1 000 000 so‘m. Ilgari birinchi nazariya va haydovchilik bo‘yicha imtihonlarning umumiy narxi 250 ming so‘m bo‘lgan, demak, narxlar 4 barobarga oshgan.

Ilgari nazariya va haydovchilik bo‘yicha qayta imtihon topshirishga har biri uchun 350 ming so‘mdan to‘langan. Endi esa ikkinchi bor va keyingi safarlarda ham nazariy imtihon va avtomobil haydash bo‘yicha imtihonga har biri uchun 600 ming so‘mdan to‘lov qilinadi. Umumiy summa 1 200 000 so‘m bo‘ladi. Bu ham avvalgi narxdan to‘rt barobar ko‘p.Xodimlar buni narxlarning o‘shishi, shuningdek, imtihon topshiruvchilar tajribasizligi tufayli ulash mexanizmiga tez-tez zarar etkazilishi, uni almashtirish kerakligi bilan izohlashdi. Imtihon markazi veb-saytida  avtoparkning yangilangani haqida ham xabar berilgan.