Ijtimoiy tarmoqlarda yapon olimlari yangi tishlarni o‘stirish imkonini beruvchi dori topgani haqidagi xabar tarqalmoqda.
“Dori allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan”, deyiladi xabarda.
HUKM: YOLG‘ON
Yaponiyadagi Tibbiyot tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqot tug‘ma irsiy omillar tufayli katta tishlarning to‘liq to‘plami bo‘lmagan bemorlar uchun dori yaratishga qaratilgan.
Odamlarning taxminan 1% anodontiyadan aziyat chekadi, bu tishlarning to‘liq o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan genetik kasallik.
Tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutining Kitano kasalxonasi Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi mudiri doktor Katsu Takahashi aspirantura davridan beri ushbu kasallikka qarshi dori yaratish ustida ishlamoqda.
Dorining samaradorligi faqat sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi va 2024-yil iyul oyida esa yapon olimlari odamlarda tadqiqot o‘tkazishni boshlaydi. Faqat ijobiy natijalar bo‘lgan holdagina, dori faqat 2030-yilga borib sotuvga chiqariladi. Asosiy e’tibor anodontiya belgilari bo‘lgan ikki yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashga qaratiladi, ya’ni preparat barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallanmagan.
Bu kasallikka duchor bo‘lmagan oddiy odamlarda ikkita tish to‘plami mavjud:
- doimiy (ildiz);
- vaqtinchalik (sut) tishlari.
Inson DNKsi faqat ikkita to‘plamuchun instruksiyaga ega, ularning har biri ichida unikal tish bo‘ladi va undan ortig‘i bo‘lmaydi. Ushbu genlar tufayli o‘sish o‘z vaqtida sodir bo‘ladi. Biroq, 32 ta doimiy tishlardan tashqari qo‘shimcha tishlar uchun genlar yo‘q. Agar ularga biror narsa bo‘lsa, o‘sha joyda yangilari o‘sib chiqmaydi.
Barcha tishlar tug‘ilishdan oldin shakllanadi. Quyida keltirilgan rentgen tasvirida yosh bolaning sut va ildiz tishlari aks etgan.
