Toshkentda yangi yil chiroqlari bilan bezatilgan axlatxona bormi?

18 dekabr kuni Telegram kanallarida Toshkentdagi yangi yil uslubida bezatilgan axlatxona tasvirlangan video tarqala boshladi. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu obyekt Mirobod tumanida, Markaziy univermag (ЦУМ) yaqinida joylashgan.

Factchecknet.uz ko‘rsatilgan manzilga borib, bu qanchalik rost ekanligini tekshirishga qaror qildi.

HUKM: ROST

Yangi yil axlatxonasi Toshkent shahri Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 73-uy yaqinida joylashgan. U ushbu lahzalarni suratga olishga va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishga qaror qilgan aholining diqqat markaziga aylandi.

Ijodiy tashabbus “Rahnamo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi maishiy chiqindilarni olib chiqish va yo‘q qilishdir.

Factchecknet.uz jurnalisti kompaniya vakili Sobir Mashrapov bilan suhbatlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotchilar o‘z oldiga maqsad qilib insonlarda axlatni belgilangan joyga tashlash madaniyatini ommalashtirishni qo‘ygan.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad odamlarning chiqindilarni utilizatsiya qilish va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgani uchun tashkilotchilar bunday g‘oyalar faqatgina go‘llab-quvvatlanishini aytishdi.

– Biz bu bezak uchun kompaniya hisobidan mablag‘ sarflamadik, balki homiylik mablag‘lari va Mirobod tumanidagi ko‘ngilli yosh ijodkorlarning ko‘magidan foydalandik, – deydi Sobir Mashrapov.