Bo‘yinni qirsillatish xavflimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘yningizni qirsillatish xavfli va bu insultga olib kelish xavfini oshiradi, degan xabarlar tarqaldi.

“Bo‘yinni qirsillatish arteriyalarga zarar yetkazishi yoki ular o‘tib ketadigan teshikni toraytirishi, bu esa insultga olib kelishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Bo‘yinni burish paytida eshitiladigan qirsillah tovushi suyaklarning harakati yoki holatining o‘zgarishi bilan emas, balki umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlarida gazning chiqishi bilan bog‘liq. Orqa miya suyaklarini bog‘laydigan bo‘g‘inlar sinovial suyuqlik va gaz bilan o‘ralgan bo‘lib, bu ularning silliq harakatlanishiga yordam beradi.

Bo‘yin qirsillahining asosiy afzalligi shundaki, u bo‘g‘imlardagi bosimni pasaytiradi, bo‘yindagi og‘riq, zo‘riqish yoki noqulaylikni bartaraf etishga yordam beradi. Biroq, agar siz juda katta kuch bilan bo‘yningizni qirsillatsangiz yoki buni tez-tez qilib tursangiz, ba’zi xavflar mavjud ekanini unutmang.

Bunday harakatlar siqilgan nervlarni, shuningdek, mushaklarning spazmlarini va og‘riqlarini keltirib chiqarishi mumkin. Kamdan kam hollarda qon tomirlariga ehtimoliy zarar tufayli insult xavfini oshirishi mumkin.

2011-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi 100 ming kishidan faqat bittasi umurtqa arteriyasi dissektsiyasi (UAD) tufayli insultni boshdan kechiradi. Bunday holda, nafaqat bo‘yin qirsillashi UADga olib keladi, balki boshning har qanday keskin harakati, shu jumladan, aksirish yoki yo‘talish ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Qanday qilib bo‘ynni xavfsiz tarzda qirsillatish mumkin

Keskin burilishlardan hamda qo‘llaringiz bilan boshingiz va jag‘ingizni qattiq ushlashdan saqlaning. Ushbu manipulyatsiyalarni yuqori malakali, sertifikatga ega shifokorga topshirgan afzal.

Bo‘yin uchun yengil mashqlarni bajarish, ya’ni aylanish harakatlari yoki pastga egilish yaxshiroqdir, bu bo‘shashishga va bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilashga yordam beradi.