Ijtimoiy tarmoqlarda bir kishi nonushta qilgandan keyingina tishlarni tozalashni tavsiya qilayotgan video tarqalmoqda.
“Odatda odamlar uygʻonganidan keyin darhol tishlarini tozalaydilar, ammo bu xato. Tishlarni nonushtadan keyin tozalash kerak, chunki nonushtadan keyin ovqat qoldiqlari tishlarda qolib, kariyesni keltirib chiqaradi”, — deyiladi videoda.
HUKM: YARIM HAQIQAT
Nonushtadan oldin tishlarni tozalash tish emali va ogʻiz boʻshligʻining umumiy holati uchun foydalidir. Biroq, nonushtadan keyin tishlaringizni tozalashni afzal koʻrsangiz, taxminan 30-60 daqiqa kuting.
Amerika stomatologiya assotsiatsiyasi kuniga ikki marta: ertalab va yotishdan oldin tishlarni ikki daqiqa davomida yuvishni tavsiya qiladi.
Nega nonushta qilishdan oldin tishlarni yuvish yaxshiroq?
Uxlayotganingizda ogʻzingizda nosogʻlom qatlam keltirib chiqaradigan bakteriyalar koʻpayadi. Ftoridli tish pastasi bilan bakteriyalarni tozalash tishlarni qatlam va bakteriyalardan xalos qiladi. Bundan tashqari, emalingizni oziq-ovqat tarkibidagi kislotalarga qarshi himoya toʻsigʻi bilan qoplaydi.
Ertalab tishlaringizni tozalayotganingizda soʻlak ishlab chiqarishni ham qoʻzgʻatasiz.
21 nafar keksa insonlar ishtirok etgan kichik bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, tishlarini tozalagandan soʻng tadqiqot ishtirokchilarida besh daqiqagacha soʻlak ishlab chiqarishning koʻpayishi kuzatilgan. Soʻlak ovqatni parchalashga yordam beradi va ogʻizdagi zararli bakteriyalarni tabiiy ravishda oʻldiradi.
Nonushtadan keyin tishlarni tozalashdagi ehtiyot choralari
Agar ertalabki tartibingizga muvofiq nonushtadan keyin tishlaringizni tozalash sizga qulayroq boʻlsa, buni qilishingiz mumkin, ammo bu holda yodda tutish kerak boʻlgan ba’zi ma’lumotlar mavjud.
Nonushtadan keyin darhol tishlarinni tozalash ayniqsa tishlarga zarar yetkazishi mumkin. Tishlaringizni tozalash uchun ovqatdan keyin 30 daqiqadan bir soatgacha kuting, bu tishlarni himoya qilish va uning emaliga zarar yetkazmaslikning eng yaxshi usuli.
Amerika stomatologiya assotsiatsiyasi ovqatdan keyin, ayniqsa kislotali ovqatlarni iste’mol qilgandan soʻng tishlarini yuvishdan oldin 60 daqiqa kutishni tavsiya qiladi.
Ovqatdan keyin tishlarni tozalashdan oldin suv iching yoki shakarsiz saqich chaynang.