“O‘zingning yurtingda it bo‘l” iborasi darsliklarda paydo bo‘lgani rostmi?

Telegram kanallarida darsliklardan birida mashhur maqol boshqachi tarzda keltirilgani haqida xabar tarqalmoqda. 

Klassik versiyasi boshqacharoq: “O‘zga yurtda shoh bulguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

Bu maktab darsligi emas, 2019-yilda nashr etilgan sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob.

“Maqol buzilmagan, u haqiqatda bor, 2012-yilda ziyouz.uz’da e’lon qilingan”, — dedi Factchecknet.uz jurnalistiga O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili.