Mast haydovchilarning mashinalari musodara qilinadimi?

Telegram kanallarida transport vositalarini mast holda boshqarayotgan shaxslarning avtomobillari davlat foydasiga musodara qilinishi haqida xabarlar tarqaldi.

HUKM: YOLG‘ON

Ichki ishlar vazirliging YHXX matbuot xizmati bu mish-mishlarga izoh berib, ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

“Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan. Eslatib o‘tamiz, loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmagan”, — deyiladi xabarda.
Transport vositalarini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki boshqa moddalar ta’siri ostida mast holda boshqarganlik uchun jarima 25 BHM (8 500 000 so‘m)ni tashkil etadi va 1,5 yildan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.