PimEyes: yuzni aniqlash qidiruv tizimi

Pimeyes — bu sun’iy intellektga asoslangan yuzni aniqlash qidiruv tizimi. Bu fotosuratlarni emas, balki yuzlarni topishga yordam beradi, bu esa uni raqobatchilaridan ajratib turadi.

PimEyes yuzni aniqlash uchun samarali va mukammal vositani taklif etmoqda.  Xizmatdan har kim, yuz tasvirini qidiruv tizimiga yuklab   foydalanishi mumkin. Shundan so‘ng, qidiruv tizimiga tarmoq izini o‘rganish va natijalarni taqdim etish uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.

Yuzni aniqlash vositalaridan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ulardan biri foydalanuvchilarga o‘zlarining yoki boshqa odamlarning rasmlarini qidirishga ruxsat berishdir.

PimEyes’dan qanday foydalanish kerak?

Bu juda oson. Qidiruv bir necha soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi. Yuz suratini yuklaganingizdan so‘ng, xizmat ko‘rsatish shartlariga roziligingizni bildiruvchi katakchani belgilab qo‘yganingizdan so‘ng, sizga boshqa, o‘xshash yuzlarning fotosuratlari to‘plami, shuningdek, tegishli onlayn manzillarga boshlaydigan havolalar taqdim etiladi.

Qisqacha intruksiya:

1. PimEyes veb-saytiga o‘ting

2. Suratni yuklang va qidirishni boshlang

Eslatma: Omma uchun ochiq boʻlgan tasvirlarni qidirish yoki yuzni aniqlash dasturining hech biri 100% natijalarni kafolatlay olmaydi.
Biz ilgari tasvirlarni tahlil qilish uchun onlayn-instrument bo‘lgan “Fotoforensic” xizmati haqida yozgan edik.