Fakt-cheking platformasi yaratildimi?

Raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida AOKA tomonidan fakt-cheking axborot platformasini yaratish belgilangan. Topshiriqni yakunlash muddati 2023-yil 30-iyun sanasiga belgilangan. Loyiha passportida uning qisqacha tavsifi shunday ko‘rsatilgan: “Elektron ommaviy axborot vositalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda chop etilayotgan maqola, e’lon, xabarlar va boshqalarni haqqoniyligini tekshirish uchun va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ekspertlaridan foydalanuvchilar so‘roviga asosan to‘laqonli ma’lumot olish”.

Factchecknet.uz masalani o‘rgandi.

HUKM: QISMAN BAJARILGAN
Biz bilan telefon orqali muloqot qilgan loyiha ijrosi uchun mas’ul deya ko‘rsatilgan Tohir Umarovga ko‘ra, IIV bilan hamkorlikda https://fake.cyber102.uz sayti yaratilgan. Sayt algoritmiga ko‘ra, siz unga kirasiz va o‘zingiz tekshirmoqchi bo‘lgan havolani yuborasiz. Sayt mana bunday shaklda sizga o‘zingiz izlayotgan resursning rasmiy yoki norasmiy manba ekanligini bildiradi:

Fakt-cheking platformasi yaratildimi?
Fakt-cheking platformasi yaratildimi?

Shuningdek, mas’ulga ko‘ra, telegramda O‘zbekistonda tarqalayotgan soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy manba – https://t.me/antifake_uz yaratilgan. Biroq kanaldagi so‘nggi oylik publikatsiyalar soni 4-5 tadan oshmaydi.

Fakt-cheking platformasi yaratildimi?

Reestr.uz’dagi loyiha passportida axborot tizimining asosiy quyi tizimlari quyidagilar bo‘lishi kerak deya ko‘rsatilgan:

1.  Portal ma’muri paneli

2.  Loyiha haqida moduli

3.  Yangiliklar moduli

4.  Xabar yuborish moduli

5.  Ekspert shaxsiy kabineti moduli

6.  Ma’lumot qidirish moduli

Biroq hech qaysi axborot portalida ushbu bo‘limlar uchramaydi.