“Meta” SI’li kontentni markirovkalashni rejalashtirmoqda

Kompaniya Facebook, Instagram va Threads’da sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentni belgilab borishni rejalashtirmoqda.

“Meta” SI’li kontentni markirovkalashni rejalashtirmoqda

Ushbu chora-tadbirlarni boshlashning aniq muddati e’lon qilinmagan. Foydalanuvchilar uchun original va sintetik kontentni bir zumda ajrata olish imkoni tug‘iladi, shuningdek, bu dezinformatsiya va dipfeyklarga qarshi kurash tomon qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Factchecknet.uz sayti firibgarlar texnologiyadan qanday qilib dipfeyklar yaratishda foydalangani, ularda O‘zbekiston Prezidenti va Bosh vaziri, biznesmen Alisher Usmonov, tadbirkor Ilon Mask, ekologik faol Greta Tunberg va boshqalarning tasvirlari soxtalashtirilgani haqida ma’lum qilgan edi.

“Meta”ning rejalari, birinchi navbatda, kompaniya bunday muammolar mavjudligini tan olishi va paydo bo‘layotgan tahdidlarga qarshi choralar ko‘rishidan dalolat beradi. Kengaytma ilovalardagi barcha tillarni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Meta” o‘zining xususiy generativ AI vositasi “Imagine with Meta” yordamida yaratilgan “fotorealistik tasvirlarni” allaqachon aniqlamoqda va markirovka qilmoqda.

Biroq, boshqa kompaniyalarning vositalaridan foydalangan holda yaratilgan kontent hali bu markirovkaga tushmayapti.“[Biz] kontentning bir qismi sunʼiy intellekt yordamida yaratilganligini koʻrsatadigan umumiy texnik standartlar boʻyicha kelishib olish uchun tarmoq hamkorlar bilan ishladik, — deb yozdi “Meta” prezidenti Nik Klegg markirovka kengaytmasi haqida eʼlon qilgan o‘zining blogida. — Ushbu signallarni aniqlay olish bizga foydalanuvchilar Facebook, Instagram va Threads’da joylashtirgan sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlarni belgilash imkonini beradi”.