IFCNdan faktcheking va mediasavodxonlik kurslari

Faktlarni tekshirish ko‘nikmalari va mediasavodxonlik bugungi kunning asosiy ehtiyojlaridan biriga aylandi. Yolg‘on ma’lumotlar urchigan internet makonida ma’lumotlarni filtrlay olish qobiliyati muhim. Shu boisdan ham ko‘plab xalqaro tashkilot va tuzilmalar faktcheking va mediasavodxonlikni o‘rgatuvchi kurslar tashkil etmoqdalar.

Shular qatorida IFCN (Internation Fact-Checking Network)ning bepul kurslari ham bor.

  1. IFCN bilan faktcheking fundamentlari . “Meta” koʻmagida IFCN tomonidan tashkil etilayotgan kurs faktlarni tekshirish, ularni tasdiqlash va debanking, sog‘liqni saqlash sohasidagi dezinformatsiyani aniqlashga qaratilgan uchta moduldan tashkil topgan. Bunda jurnalistlarga faktlar bilan tekshirilishi mumkin bo‘lgan da’volarni qanday topish mumkinligi, faktlarni tekshirish metodologiyasi va sohadagi faoliyat davomida yordam beradigan vositalar va usullar haqida ma’lumot beriladi. Ushbu mustaqil kurs butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi jurnalistlar, akademiklar va intiluvchan fakt-chekerlar uchun ochiq. Kursni muvaffaqiyatli o‘tagan ishtirokchilar tamomlaganlik toʻgʻrisida sertifikat oladi va faktlarni tekshirish dunyosiga chuqurroq kirib borish uchun vebinarga taklif qilinadi. Ushbu kurs modullarini bajarish uchun taxminan 2-3 soat vaqt talab qilinadi.
  1. Amaliy faktlarni tekshirish: Qisqa kurs. Poynter News universiteti va Amerika matbuot instituti tomonidan yaratilgan va “Google News Lab” tomonidan moliyalashtirilgan mazkur kurs kollej talabalari uchun mustaqil kurs sifatida yoki sinf o‘qituvchilari uchun manba sifatida mo‘ljallangan. Taxminan 90 daqiqalik kurs faktlarni tekshirishda ishonchli manbalarni aniqlash, virusli noto‘g‘ri ma’lumotni fosh qilish va bayonot haqiqatan ham tekshirilishi mumkin yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kurs siyosatchilar va hukumat amaldorlarining noto‘g‘ri ritorikasi va ijtimoiy media platformalaridan virusli noto‘g‘ri ma’lumot tarqatuvchi saytlar sifatida foydalanish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan bugungi faktcheker-jurnalistlar tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan eng yaxshi tajribalarni namoyish etadi.
  1. Faktcheking: hamma narsani onlayn tekshirish uchun raqamli vositalar. So‘nggi bir necha yil ichida internetda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi sur’ati o‘sdi. Manipulyatsiya qilingan videolar yordamida internet foydalanuvchilarini aldab, soxta yangiliklar va uydirma hikoyalarni nashr etish orqali traffikdan pul topuvchilar ko‘paydi. Ammo internetdagi soxta ma’lumotlarning miqdori kengayganligi ortidan foydalanuvchilarga ma’lumotni tekshirishga yordam beradigan vositalar ham paydo bo‘ldi. Mazkur kursda “RevEye” va “Google”ning teskari tasvirlarni qidirish kabi vositalar yordamida tasvirlarning haqiqiyligini tekshirish o‘rgatiladi, “InVid” va “YouTube Dataviewer” yordamida virusli ijtimoiy media videolarini ajratib olish va “Account Analysis” va “StalkScan” yordamida ijtimoiy media profillarini baholash tushuntiriladi. 
  2. “Internetda noto‘g‘ri ma’lumotni qanday aniqlash mumkin?” kursi. Keksalar uchun “MediaWise”ning ushbu bepul qisqa kursi internetda nima rost va yolg‘on ekanligini aniqlashni o‘rgatadi. Siyosat, salomatlik, sayohat va iqlim haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarga oid misollar ko‘rib chiqilib, yolg‘on ma’lumotlarni aniqlashning usullari va ishonchli manbalarni izlash o’rgatiladi.