6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Internetda Oʻzbekiston fuqarolariga davlat tomonidan 6 mln 700 ming soʻm miqdorida yordam puli ajratilgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Unda O‘zbekiston Prezidentiniki deya da’vo qilingan imzo bo‘lgan hujjat tasviri ham mavjud. 

Factchecknet.uz ushbu “yordam puli” haqidagi maʼlumotlarni oʻrgandi.

HUKM: YOLGʻON

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yordam fondi” nomli web sahifaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga 6 mln 700 ming soʻm miqdorida yordam puli ajratayotgani haqida xabarlari tarqaldi.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Ushbu xabarlarda keltirilgan havola tez-tez oʻzgarib turadi. Ilk xabarlarda keltirilgan online manzil https://yordam-fond.top nomiga ega edi. Ikki kundan so‘ng sayt havolasi ishlamay qoldi.Telegramda https://t.me/yordam_fondi_uz nomi bilan ochilgan va 3500 dan ortiq obunachiga ega kanalda saytning yangilangan Yordammexr-pulfondie.top havolasi ko‘rsatib o‘tilgan.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Yordam pulini va’da qiluvchi saytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nutqidan bir parcha keltirilgan. YouTube platformasida  @YordamFondi nomi ostida yuritadigan sahifadagi bu videolavha 64 mingdan ortiq koʻrilgan va xabar ommalashganini ko‘rsatadi.

Bu video mazmunan Prezidentning “bir martalik yordam puli ajtarilishi”  haqidagi topshirig‘ini aks ettiradi. Ammo aslida bu video Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari oʻtkazilgan 34-sessiyasida soʻzlagan nutqidan kesib olingan.

Saytda qanday hujjatlar asos qilib ko‘rsatilgan?
Saytda “yordam puli” uchun asos deya keltirilgan “2023-yil 1-noyabrda imzolangan RK-4815 qaror” soxta bo‘lib, mamlakat normativ-huquqiy hujjatlari bazasida mavjud emas.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Yordam puli berilishi uchun asos deya da’vo qilinayotgan hujjatda Prezident imzosi ham soxtalashtirilgan.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Soxtalashtirilgan imzo

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Haqiqiy imzo

Ammo firibgarlar unga shaklan va mazmunan o‘xshash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi PQ-4815 sonli qaroridan foydalangan bo‘lishlari mumkin. Bu qaror “Karonavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy taʼsirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimni ishlab chiqish”ga qaratilgan. Unga koʻra, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar, “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga toʻlmagan farzandlariga 500 ming soʻm miqdorida yordam puli toʻlab berilishi belgilangan. 

Soxta hujjatga Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi (hozirgi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi)ga tegishli muhr tasviri bosilgan. Yordam puli masalasi va sanoat qo‘mitasi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishining o‘zi bu xabarni shubha ostiga qo‘yishi va o‘quvchini ziyraklikka chaqirishi kerak. Bundan tashqari, soxtalashtirilgan hujjat va soxta veb-saytdagi matnlar imloviy xatolarga boy.

Demak, 6 mln 700 ming soʻm miqdordagi yordam puli Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga bir marotaba toʻlab berilishi haqidagi xabarlar yolg´on.  

Asosiy havf nimada?

Biz o‘quvchilarimizga firibgarlikning aniq sxemasi haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida saytda keltirilgan yoʻriqnoma bo‘yicha harakatlanib koʻrdik.

Sahifa oxirida pul olish uchun anketa toʻldirish soʻraladi, ism-familiya va pasport maʼlumotlarini kiritishni talab qiladi. Kiritilgan maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilgan sayt  yordam puli olish uchun ushbu sayt havolasini 15 nafar odamga yuborishni talab qiladi. Tarqatish tugmasi qayta-qayta bosilganda foiz uchun qoldirilgan boʻshliq toʻlib boradi — hech qanday uzatishlarsiz.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?
6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?
6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Shundan soʻng pulni oʻtkazish tugmasi bosilganda yordam pulini olish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish talab qilinadi:
tugʻilgan kun;
jins;
hudud;
yordam pulidan avval ham foydalanganlik;
shaxsiy plastik karta raqami;

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Keyingi sahifada yordam puli toʻlab berilishi uchun 3% komissiya summasi, ya’ni 134 ming soʻm toʻlanishi kerakligi koʻrsatiladi. Quyidagi skrindan ko‘ringanidek, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi muhri va Bosh vazir imzosi ham soxtalashtirilgan.

6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?
6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?
6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?
6 mln 700 ming so‘mlik yordam puli berilishi rostmi?

Toʻlov qilish uchun 2 ta karta raqami berilgan:

5614 6814 2496 5527 (Smaylov Salamat nomida)

8600 0604 8639 0082 (Joldasbayev Isa nomida)

Toʻlovdan soʻng “men oʻtkazdim” tugmasini bosish kerak. Ammo bu tugma bosilmaydi va sahifa yangilanmaydi. Ya’ni toʻlov qilingan 134 ming miqdoridagi komissiya puli firibgarlar hisobiga tushadi va ariza toʻldirilish chogʻida kiritilgan jabrlanuvchining shaxsiy karta raqamlariga vaʼda qilingan 6 mln 700 ming miqdoridagi yordam puli mutlaqo toʻlab berilmaydi. 

Bunday mazmundagi soxta maʼlumotlar avvalroq ham tarqalgan edi. Ushbu xabarga Pensiya jamgʻarmasi rasmiy munosabat ham bildirgan. 

Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, hujjatlarni qalbakilashtirish muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar tayyorlash va foydalanish bilan bogʻliq jinoyat hisoblanadi. Asl hujjatlarning shakli va mazmunini oʻzgartirish ham hujjatlarni qalbakilashtirish hisoblanadi. Qonunda bu xildagi harakatlar uchun javobgarlik belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan bogʻliq jinoyat sodir etgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bunday harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, jazo yanada kuchaytirilishi belgilangan.

Yolgʻon xabarlar tarqatganlik Ma’muriy javobgarlik kodeksining 202-2 moddasiga asosan jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish huququzarlik turiga ko‘ra, BHMning 50–100 baravari miqdorida (22 mln 300 ming so‘m) jarima solishga sabab boʻladi. Internet foydalanuvchilari shu kabi yolgʻon maʼlumotlarga ishonib qolmasliklari uchun shunga oʻxshash xabarlar tarqatilgan manbaning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishlari, imloviy xatolarga eʼtibor qaratishlari, shaxsiy maʼlumotlar ulashishdan saqlanishlari tavsiya etiladi. Firibgarlik holatlariga duch kelgan yoki jabrlanganlar uchun Kiberxavfsizlik markazining rasmiy ishonch telefonlari (55 502-10-10) mavjud.