Boshqa mamlakatlarda qanday feyklar, shuningdek yangi vositalar haqida so‘z bordi va ayrim davlatlarda ularga qarshi qanday choralar ko‘rildi, bu haqda Factchecknet.uz yangiliklar dayjestida o‘qing.

“Sora” tomonidan yaratilgan videoning skrinshoti
Yolg‘on ogohlantirish
Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, bu 15 fevral kuni sodir bo‘lishi kerak edi.
“Kelajakni ko‘rish qobiliyatimni rivojlantiryapman va menda kelajakni aniq ko‘rish iste’dodi paydo bo‘ldi. Men ham bu sanani ko‘rdim va payqadim: 15-kuni va dahshatli zilzila”, — deb bashorat qilgandi bloger internetdagi videoda.
Biroq, bu xabar mutaxassislar tomonidan tezda rad etildi va bu tabiiy hodisa uchun bunday uzoq muddatli prognozlar shubhali ekanligini tushuntirdi. “Yaqin kelajakda Olmaota va uning atrofida jiddiy yer osti tebranishlari kutilmaydi”, — dedi mutaxassis.
Bu birinchi bunday yangilik emas. Ilgari Factchecknet.uz zilzila haqidadi “bashorat” haqida yozgan, ammo o‘shanda 12,0 magnitudali zilzila to‘g‘risida gap borgan edi. Seysmolog olimlar ham zilzilaning aniq vaqti va joyini oldindan aytish mumkin emasligini taʼkidladilar.
Feyklar uchun mulkni musodara qilish
Rossiyada bunday chorani qonunchilikka kiritish taklif qilingan. Yaqinda Rossiya armiyasi toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumot tarqatish, shuningdek, mamlakat xavfsizligiga qarshi qaratilgan harakatlarga chaqirishlar uchun mulkni musodara qilish toʻgʻrisidagi qonun imzolandi.
Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy portalida e’lon qilindi.
Biroq avvalroq ayrim deputatlar qonun loyihasidagi noaniq tushunchalar va “ularning talqini suiisteʼmol, mulkni tortib olish va o‘ch olishlarga sabab boʻlishi mumkinligi” tufayli qonunni qabul qilish uchun ovoz bermagan edi.
Neyron “Sora” va mutaxassislarning xavfsirashlari
Ushbu nom ostida OpenAI’ning neyron tarmog‘i test rejimida chiqarildi. Yapon tilida “osmon” degani. U matn tavsifidan video yaratish imkonini beradi.
“Bizning fikrimizcha, videoga oladigan va dunyomizning bu juda murakkab o‘zaro ta’sirini tushuna oladigan modellarni yaratish kelajakdagi barcha sun’iy intellekt tizimlari uchun muhim qadamdir”, — dedi OpenAI olimi Tim Bruks.
OpenAI’ning “Sora” video namunalari yuqori aniqlikda keladi va batafsilroq. “Sora”ni yaratish uchun jamoa OpenAI’ning eng so‘nggi versiyasi bo‘lgan DALL-E 3 texnologiyasini moslashtirdi.Biroq, mutaxassislar suiiste’mol qilish va fotorealistik videolarni yaratish ehtimoli borligi sababli xavotir bildirishmoqda. “Sora”ning ommaviy ishga tushirilishi haqida gap bo‘lmasa-da, neyron tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda va mutaxassislardan ham fikr-mulohazalar olmoqda, ular tizimning ehtimoliy kamchiliklarini tuzatishga yordam beradi.