Faktchecking funksiyasiga ega birinchi o‘zbek Telegram botining obzori

Joriy yilning fevral oyi boshida WE Digital dijital agentligi jurnalistlar uchun yangi vosita – Telegram botini ishlab chiqdi. Ushbu bepul vosita faktlarni tekshirish, ma’lumotlarni to‘plash va tekshirish jarayonini soddalashtirish uchun yaratilgan.

“Bot katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga, noaniqliklarni aniqlashga va yuqori sifatli kontent yaratish uchun aniq va xolis ma’lumot berishga qodir”, — deb yozadi ijodkorlar.

Uning asosiy vazifalari qatoriga yuqori standartlarga muvofiq jurnalistik kontent yaratish kiradi:

  • ma’lumotlaringizning ishonchliligini ta’minlash uchun manbalar va faktlarni diqqat bilan tekshirish;
  • joriy ma’lumotlar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan tahliliy hisobotlarni yaratish;
  • tahririyat tajribasi va matnlaringiz bo‘yicha konstruktiv fikr-mulohazalar;
  • interaktiv trening hamda jurnalistika va marketing sohasidagi bilimlarni baholash.

Factchecknet.uz ushbu bot bu vazifalarni qanday bajarishini tekshirishga qaror qildi.

U haqiqat yoki yolg‘onligini aniqlay olishini tekshirish uchun biz botga eng so‘nggi yangiliklardan birini yubordik.Bot so‘rovga javob bera olmadi, lekin ma’lumotni o‘zimiz tekshirimiz uchun bir nechta takliflar berdi.

Faktchecking funksiyasiga ega birinchi o‘zbek Telegram botining obzori

Bot o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi so‘rovlarni qisman yaxshi tushunadi.Factchecknet.uz botdan faktlarni tekshirish uchun vositalar yoki onlayn resurslarni baham ko‘rishni so‘radi, biroq bunga javoban bot vositalar emas, faktchecking asosidagi saytlarni berdi.

Faktchecking funksiyasiga ega birinchi o‘zbek Telegram botining obzori

Keyin botga oʻzbek tilida xatolar bilan yozilgan matnni yubordik va ularni tuzatishni soʻradik. Bot matnni tahlil qilish va xatolarni tekshirish bo‘yicha a’lo ishladi.

Faktchecking funksiyasiga ega birinchi o‘zbek Telegram botining obzori

Bot matnni tekshirish va materiallarni tahlil qilish uchun juda mos keladi, lekin u barcha so‘rovlarga to‘g‘ri javob bermaydi.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Siz ushbu botni sinab ko‘rishga ulgurdingizmi?Bundan tashqari, “Google”ning kengaytirilgan qidiruv imkoniyatlari haqida o‘qish siz uchun foydali bo‘lishi mumkin.