“Toblerone” shokoladi tarkibida plastik modda  aniqlandimi?

Telegram kanallarda “Toblerone” shokoladining bir partiyasida plastik moddasi aniqlanganligi va bu saraton kasaliga sabab boʻlishi mazmunidagi xabar tarqaldi.

Factchecknet.uz bu maʼlumotlarni tekshirib koʻrdi.

HUKM: ROST 

Gonkong hukumati isteʼmolchilarni Shvetsariyadan olib kelingan “Toblerone” shokoladining bir partiyasini isteʼmol qilishdan saqlanish boʻyicha ogohlatirgan. “Shvetsariyadan toʻgʻridan-toʻgʻri kiritilgan asal va bodom nougatli sutli shokolad mahsulotida “begona plastik moddalar” boʻlishi mumkin. Aholi va korxonalar ularni isteʼmol qilmasligi yoki sotmasligi kerak” — deb xabar berdi Gonkong Oziq-ovqat xavfsizligi markazi. “Integrated Market Services Asia” tomonidan olib kirilgan saqlash muddati 2024-yil 1-dekabrgacha boʻlgan va OOY4233553 lot raqamiga ega partiyada plastik moddasi boʻlishi mumkin. Oziq-ovqat markazining xabar berishicha, ishlab chiqaruvchining Gonkongdagi vakili tomonidan ushbu partiya mahsuloti ixtiyoriy ravishda qaytarib olinmoqda.  

Import qiluvchi va distribyutor, shuningdek, hokimiyat bu partiya mahsulotlari qaytarilishi boshlanganini va zararlangan mahsulot doʻkon rastalaridan allaqachon olib tashlanganini tasdiqlagan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bu maxsulot bilan aloqador biror maʼlumot yoki xabar e’lon qilmagan.